Kontent qismiga oʻtish

YEXHT Istambul sammiti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

YEXHT Istambul sammiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilning 18—19-noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining oliy darajadagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit Yevropada Xavfsizlik Xartiyasini muhokama qildi. Sammitda birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan I. A. Karimov jahon jamoatchiligini tashvishlantirayotgan diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, mintaqaviy mojarolar masalasiga alohida eʼtibor berdi va bu haqda bunday YEXHT Istambul sammiti dedi: "Bugungi kunda xalqaro maydonda „sovuq urush“ ko‘rinishlari o‘rnini bir-biri bilan birlashib, tobora keng ko‘lamli va hujumkor mohiyat kasb etayotgan ashaddiy millatchilik va separatizm, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi illatlar egallayotganini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q… Bugungi kunda biz radikal kayfiyatdagi markazlarning diniy ekstremizm va terrorizmni tarqatishga qaratilgan uzoqni ko‘zlovchi rejalariga, mintaqa davlatlarini o‘zlari tanlagan demokratik, huquqiy va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga urinishi hollariga duch kelmoqdamiz. Buni Tojikistondagi voqealar, yaqinda Toshkentda yuz bergan portlashlar, bosqinchilar guruhlarining mustaqil Qirg‘iziston janubiga surbetlarcha bostirib kirishi hamda barchaga maʼlum boshqa faktlar isbotlab turibdi". I. A. Karimov Istambul sammitida Xavfsizlik Xartiyasi loyihasi yuzasidan quyidagi takliflarni bildirdi: Birinchidan, YEXHTning mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishda yanada faolroq bo‘lishi; ikkinchidan, YEXHTning xalqaro ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgan xalqaro organ sifatidagi vazifalarini aniq belgilash, shuningdek, uning iqtisodiyot va ekologiya sohalarida tutgan o‘rnini mustahkamlash; uchinchidan,YEXHT tizimini isloh qilish. Islohotning maqsadi — YEXHTni bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqimiga moslash-tirish, bu tashkilotni hayot keltirib chiqarayotgan yangi-yangi muammolarni hal etishga ko‘proq jalb etish. Ayni paytda I. A. Karimov Istambul sammitida xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘ydi. Bu markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan taʼminlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog‘larni joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirishdan iborat bo‘lishi lozimligi taʼkidlab o‘tildi. Istambul sammiti dunyoga O‘zbekiston so‘zining qudratini, uning siyosiy irodasini va jahon taraqqiyotiga kuchli taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini namoyish etdi.[1]

  1. Lafasov, M. Jahon tarixii 1918-2008. Toshkent: «TURON-IQBOL», 2010 — 158,159-bet. 

M.Lafasov Jahon tarixi 1918-2008. Toshkent „TURON-IQBOL“ 2010