Yaʼqubboy xoʻja madrasasi
Madrasa | |
Ya'qubboy xo'ja madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Xorazm viloyati |
Shahar | Xiva Ichan qa'la |
Loyiha muallifi | Ya'qubboy xo'ja |
Asosiy sana: | |
Holati | Saqlanib qolgan |
Yaʼqubboy xoʻja madrasasi – obyekt Xorazm viloyati, Xiva, Ichan Qalʼa mahallasida joylashgan. 1873-yilda Xivalik savdogar Yaqubboy xoʻja tomonidan qurilgan. Yaʼqubboy xoʻja madrasasini Ichan-Qal’aning oʻrtasida joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasining shimoli – gʻarbiy tomonidagi qorixonalar bilan tutashgan hisoblanadi Madrasaning peshtoqi yashil-koʻkimtir bezaklar bilan bezatilgan boʻlib gʻarbga tomon qarab turibdi[1]. Madrasa ayrim tarxiy va baadiy adabiyotlarda Pahlovon Mahmud majmuasiga kirgan deya talqin qilinadi. Yaʼqubboy xoʻja madrasasi toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib devorlari pishgan gʻishtdan iborat[2]. Namgarchilikdan saqlash uchun marmardan foydalanilgan. Madrasada turli oʻlchamli 9 ta hujradan tashkil topgan. Shuningdek Yaʼqubboy xoʻja madrasasining shimoli sharqiy qismida toʻrt burchak shaklida qurilgan masjid ham bor. Madrasaning kiraverishdagi eshigi Vertibyul usulida qurilgan. Bundan tashqari xivalik eshik ustalari tomonidan oʻymakorlik eshiklari hujralarga oʻrnatilgan[3]. Yaʼqubboy xoʻja madrasasining peshtoqidagi naqshlarda toʻq yashilda nashqlar ishlangan. Yaʼqubboy xoʻja madrasasida dahlizi bitta xonadan iboratdir. Ushbu madrasa peshtogʻidagi kabi deyarlik barcha imoratlarning devorlariga naqsh sifatida toʻq yashil rangli (koʻzmunchoq) bantiklar oʻrnatilgan. Bu bantiklar ikkita uchburchak va bitta toʻrtburchak shakllarning yigʻindisidan hosil qilingan boʻlib, ularning oʻziga xos ramziy maʼnolari bor.
Bantik – javonmard (saxiy, mard yigit) timsoli. Uning mustahkam gavdasi donishmandlik belbogʻi bilan oʻralgan va u qudratli himoyachidir[4].
Yangiliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaʼqubboy xoʻja madrasasida YUNESKO boshchiligida 2003-yil ochilgan tabiiy boʻyoqlar tayyorlash va ipak tolasidan qoʻlda gilamlar toʻqish ustaxonasi ochilgan boʻlib, bu ustaxona hozirda ham ishlab kelmoqda[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.khivamuseum.uz/uz/yaqubboy-xoja-madrasasi
- ↑ https://meros.uz/en/object/yaqubboy-xo039ja-madrasasi
- ↑ https://meros.uz/en/object/yaqubboy-xo039ja-madrasasi
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
- ↑ https://ilmlar.uz/xivadagi-yaqubboy-xoja-madrasasi-haqida-toliq-malumotlar/