Kontent qismiga oʻtish

Ya ubil Marka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Я убил Марка“
Morgenshtern qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 2022
Chiqarilgan sanasi 2022-yil 11-noyabr
Janr hip-hop
Davomiyligi 3:43
Leybl Bugatti Music
Matn muallif(lar)i Morgenshtern
Prodyuser(lar) Palagin[1]
Klipi
YouTube logotipi „Я убил Марка“ YouTubeda

Ya ubil Makra — rossiyalik repper Morgenshternning Oxxxymironga atab yozgan videoklip sifatida chiqarilgan diss taronasi. 2022-yil 11-noyabrda Bugatti Music tomonidan chiqarilgan. Trek Oxxxymironning 2022-yil 29-oktyabrda chiqarilgan „Bassline Business“ repiga javob sifatida chiqarilgan.

Morgenshternning „Last One“ albomi chiqqandan soʻng, albomdagi ikkinchi trekda Oxxxymironning „Gorgorod“ albomida Kiraning gaplarini davom ettirgan skit bor edi, bunga javoban Oxxxymiron „Bassline Business“ trekini chiqardi[2].

„Ya ubil Marka“ Bassline Businessdan keyin bir hafta oʻtgach chiqariladi. Qoʻshiq nomi Oksimironning 2021-yil 1-noyabrda chiqarilgan „Kto ubil Marka?“ trekiga ishoradir. Alisher musiqa uchun ishlangan videoklipda Oxxxymironning baʼzii kliplariga parodiya qiladi: koʻchada olomon bilan yuradi, qorongʻu studiyada stulda oʻtiradi, shuningdek, Oxxxymironning Johnyboy bilan boʻlgan battleda ishlatgan soʻzlaridan foydalanadi[3].