Yablonoviy tizmasi
Qiyofa
Yablonoviy tizmasi — Markaziy Baykalortidagi togʻ tizmasi (Rossiya Federatsiyasi Chita viloyati, qisman Buryatiya Respublikasida). Yablonoviy tizmasi janubi-gʻarbdan shim.sharqqa 650 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 1680 m. Tizma baykal burmalanishi davrida shakllangan, paleozoy davri slanetslari, qumtoshlar, granit va boshqalar togʻ jinslaridan tashkil topgan. Muzloq tayga va chimli podzol tuproqlarda tilogʻoch, qora qaragʻay, kedr daraxtlari oʻsadi, janubiy yon bagʻri esa qora qaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. 1200–1400 m. dan baland suvayirgʻich qismlari togʻtundra oʻsimliklari va qurumlar bilan band.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |