Yadro kuch qurilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yadro kuch qurilmasi — Yadro kuch qurilmasining muhim vazifasi yadro reaksiyalari mahsulotlarini radiokimyo usullari yordamida ajratib olish va identifikatsiya qilishdir. Shu sababli Yadro kuch qurilmasi va radiokimyo bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ular birgalikda oʻrganiladi.

YA.k. usullari boshqa sohalarga taalluqli tadqiqotlar va ishlab chiqarishni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. Bular kimyo va texnologiyada — nishonlangan atomlar usuli, aktivatsion analiz, nurlanishdan foydalanishga asoslangan texnologik oʻlchov asboblari, tibbiyotda — radiofarmatsevtika, yadro tibbiyoti, radioimmunologik analiz, geologiya va arxeologiyada — sanani radioaktiv aniqlash va boshqalarYa.k.ning paydo boʻlishi uran radioaktivligining ochilishi (A.Bekkerel, 1896), toriy va uning parchalanish mahsulotlari — yangi radioaktiv elementlar — poloniy va radiyttt kashf etilishi (P.Kyuri va M.Sklodovskaya— Kyuri, 1898) bilan bogʻliq. Yadro kuch qurilmasining keyingi rivojlanishiga sunʼiy yadroviy oʻzgarishlarning ochilishi (E.Rezerford, 1919), tabiiy radionuklidlar atom yadrolarining izomeriyasi (O.Gan, 1921) va sunʼiy atom yadrolarining (I.V.Kurchatov va boshqalar, 1935), neytronlar taʼsirida uran yadrolarining boʻlinishi (O.Gan, F.Shtrasman, 1938), uranning spontan yemirilishi (G.N.Flyorov va K.A.Petrjak, 1940) sabab boʻldi. Yadro reaktorlari (E.Fermi, 1942) va zarrachalar tezlatkichlarining kashf etilishi (J.Kokroft va E.Uolton, 1932) yuqori energiyali zarrachalar bilan murakkab yadrolarning oʻzaro taʼsirida kechadigan jarayonlarni oʻrganish, sunʼiy radionuklidlar va yangi elementlarni sintez qilishga imkon berdi.

Ad:. Chopping G., Gidberg Ya., Yadernaya ximiya. Osnovm teorii i primeneniya, per. s angl., M., 1984.

Saidahmad Xoʻjayev.