Kontent qismiga oʻtish

Yadro modellari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yadro modellari — atom yadrosining turli xossalarini oʻrganish uchun tuziladigan tasavvurlar. Shu vaqtgacha olimlar tomonidan tavsiya etilgan Yadro modellarining birortasi ham yadroning xossalarini toʻliq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, bir necha Yadro modellari qoʻllanadi. Ayniqsa, tomchisimon va qobiqsimon modellardan samarali foydalaniladi.

Yadroning gidrodinamik (tomchi) modeli 1936-yilda N.Bor tomonidan taklif qilingan. Yadroning tomchi modeli yadrodagi nuklonlarning ba'zi xossalarini suyuqlik tomchisidagi molekulalarning xossalriga o'xshashligiga asoslangan. Masalan yadrodagi nuklonlarning o'zaro ta'sir potensiali suyuqlikdagi molekulalarning o'zaro ta'sir potensiali kabi qisqa ta'sirni ifodalovchi potensial bo'lib, ta'sir kuchlari to'yinganlik xossasiga ega. Tomchining hajmi undagi zarralar soniga proporsional. Yadroning suyuqlik tomchisidan asosiy farqi shundaki, yadro zaryadga ega siqilmaydigan suyuqlik bo'lib, u kvant mexanikasi qonunlariga bo'ysunadi.

Yadroning kollektiv modeli - ushbu modelda yadroni barcha qobiqlari to'ldirilgan mustahkam ichki qism - o'zak va o'zak nuklonlari hosil qilgan markaziy maydonda harakat qiluvchi tashqi nuklonlardan tuzilgan deb tasavvur qilinadi. O'zak tashqi nuklonlar ta'siri natijasida o'z shaklini o'zgartirishi mumkin, ya'ni tebranadi. O'zakning harakati gidrodinamik tenglamalar yordamida ifodalanadi. Tashqi nuklonlar esa bu nuklonlar bilab o'zaro ta'sirlashuv natijasida o'zgaruvchi o'zak maydonida harakat qiladi.

Qo'zg'alish energiyasining kichik qiymatlarida qator yadrolarda energetik sathlarning ketma - ketligi kuzatiladi, bu sathlarni yadro sirtining garmonik tebranishi yoki deformatsiyalangan yadroning butunligicha aylanishi natijasida hosil boʻlgan deb izohlash mumkin. Bunday harakatlar yadroning kollektiv erkinlik darajasi bilan bog'liq. Bu energetik sathlarning kollektiv harakat bilan bog'liqligi esa sathlar orasidagi katta kvadrupol momentiga ega boʻlgan elektromagnit o'tishlarning intensivligi yuqoriligidan ko'rinadi. Nuklonning yadrodan chiqib ketish ostona energiyasidan uyg'onish energiyasi katta boʻlganda yadroning kollektiv sathlari yadro reaksiyalari kesimlarida keng pik sifatida namoyon bo'ladi va ular gigant multipol rezonanslar deyiladi. Ulardan eng kattasi bu gigant dipol rezonansidir. Sferik simmetrik juft - juft yadrosirtlarining tebranma harakat energetik spektrlarini besh o'lchovli garmonik ossilyator modeli asosida tushuntirish mumkin. Bunda sirtning tebranishi agarda amplitudasi kichik bo'lsa, suyuq tomchi sirtining garmonik tebranishi kabi qaraladi. Juft - juft yadrolarning aylanma harakat energetik spektrini esa aksial - simmetrik rotator modeli asosida tushuntirish mumkin. Neytronlarning protonlarga nisbatan tebranishi bilan bog'liq boʻlgan gigant rezonanslarni gidrodinamik model asosida ifodalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

T.M.Mo'minov, A.B.Xoliqulov, SH.X.Xushmurodov

"Atom yadrosi va zarralar fizikasi"

Yadro modellari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda quyidagi yadro modellari mavjud: