Yadro quroli sinovlarini taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma
Qiyofa
Yadro quroli sinovlarini taqiqlash toʻgrisidagi shartnoma — koʻp tomonlama xalqaro shartnoma. 1963 yil 5 avgustda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan Moskvada imzolangan. 117 davlat shartnomaga qoʻshilgan (1990). Mazkur shartnoma havoda, undan tashqarida (shu jumladan, kosmik fazoda), suv ostida (shu jumladan, hududiy suvlar va ochiq dengizda) har qanday yadro portlatishlarini man etadi, shuningdek, agar bunday portlatish uni amalga oshirayotgan davlatning oʻz vakolati va nazorati ostidagi hududiy chegaralardan tashqarida radioaktiv yogʻinga sabab boʻlsa, har qanday boshqa muhitda ham yadro portlatishini taqiq etadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |