Kontent qismiga oʻtish

Yadroviy yo'nalish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yadroviy yo'nalish (Yadro orientatsiyasi), yadro fizikasida, kosmosdagi ba'zi o'qlarga nisbatan yadro spinlari yig'ilishining yo'nalishli tartibidir. [1] Bu yadroviy spektroskopiya usullaridan biridir.

Magnit maydonda spinli yadro sathi energiya oralig'iga ega bo'lgan magnit pastki darajalarga bo'linadi. [2] Bu darajadagi populyatsiyalar barqaror haroratda Boltsman taqsimoti bilan belgilanadi va mohiyatan teng bo'ladi. Teng bo'lmagan populyatsiyalarni olish uchun Boltsman taqsimotidagi eksponensial 1 ga teng bo'lmasligi kerak. Bunga erishish uchun taxminan 10 millikelvin haroratgacha sovutish kerak. Odatda, bunga qiziqish yadrolarini ferromagnit xostlarga joylashtirish orqali erishiladi.

1940-yillarning o'rtalarida Yevgeniy Zavoiskiy elektron paramagnit rezonansni ishlab chiqdi va natijada yadroviy yo'nalish tushunchasiga olib keldi. [3] 1950-yillarning boshlarida Nevill Robinson, Jim Daniels va Maykl Greys Oksford universitetining Klarendon laboratoriyasida birinchi marta yadroviy orientatsiya namunasini yaratdilar. Hozir Oksfordda yadroviy yo'nalish bo'yicha guruh mavjud. [2]

Ushbu maqola Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekisto Milliy Universiteti Fizika fakulteti talabasi Hasanova Shoxista tomonidan wikita'lim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma'lumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]