Kontent qismiga oʻtish

Yagʻnob tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yag‘nob Tilidan yoʻnaltirildi)
Yagʻnob tili
Mamlakatlar Tojikiston[1]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 12 000
Alifbosi Lotin alifbosi va Kirill alifbosi
Til kodlari
ISO 639-2 [2]
ISO 639-3 yai[2]

Yagʻnob tili (Яғнобӣ зивок, Yaɣnobī́ zivók) — eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub va Tojikistondagi Yagʻnob daryosi vodiysida tarqalgan til. Yagʻnob tili qadimiy sugʻd tili lahjalaridan birining rivojlanishi natijasidir. Unda soʻzlashuvchilar 2,5 ming kishiga yaqin. 2 ta asosiy (gʻarbiy va sharqiy) va bir qancha oraliq shevalarga ega. Ular oʻrtasidagi tafovutlar asosan fonetika va qisman morfologiya, leksika sohalarida kuzatiladi.

Lugʻat tarkibi tojikcha oʻzlashmalar va tojik tili orqali kirib kelayotgan boshqa millat soʻzlari bilan boyib bormoqda. Asl yagʻnob soʻzlari bilan oʻzlashmalarning oʻzaro nisbati turli soʻz turkumlarida turlichadir. Masalan, asl yagʻnob soʻzlari feʼl va olmosh turkumlarida koʻproq uchraydi. Yagʻnoblar oʻz hududlaridan tashqarida va tojiklar orasida faqat yagʻnob soʻzlaridan iborat maxfiy tildan foydalanadilar. Oʻz yozuviga ega emas, yozma til sifatida tojik tili qoʻllanadi.

Ad.Xromov A.L., Yagnobskiy yazmk, M., 1972.




  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)