Kontent qismiga oʻtish

Yahud

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yahud - yahudiylar. Yahud istilohi Qur’onda Makka davrida paydo bo‘lgan, Muhammad (s.a.v.) zamondoshlari bo‘lgan yahudiylar yoki umuman yahudiylarni anglatgan va odatda nasorolar (xristianlar) bilan yonma-yon uchraydi (Oli Imron, 67/60; Moida, 18/21,82/85; Tavba 30 va b.). Madinagacha yahudiylarning muqaddas tarixiga qilingan ko‘plab iqtiboslarda, asosan, Banu Isroil - «Isroil farzandlari» iborasi ishlatilgan. Qur’onda yahudiylarga nisbatan 2 xil yondashuv aks etgan. Bir tomondan ular musulmonlar kabi yakkaxudolik tamoyillariga amal qilishgan, shuningdek, Ibrohim (a.s.) elchiligi bilan bog‘liqdirlar. Muhammad (s.a.v.) Makka va Madinada bo‘lganlarining dastlabki paytlarida Yasrib (Madina) va Shim. Arabistondagi ko‘plab vohalar aholisiining anchagina qismini tashkil etgan yahudiylar orasidan o‘zlariga safdosh va izdoshlar topish umidida edilar. Biroq, Yasrib yahudiylari Muhammad (s.a.v.) ning payg‘ambar ekanliklarini tan olmadilar va u zotni ishonchsiz, masxaralab kutib oldilar, so‘ngra qurayshiylar bilan ittifoq tuzib, Rasulullohning ochikdan-ochiq dushmaniga aylandilar. Natijada, hijratning dastlabki yillarida musulmonlar bilan yahudiylikka e’tiqod qilgan yasribliklar o‘rtasida bir nechta to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, oqibatda Banu Qaynuqo, Banu Qurayza va Banu Nadir qabilalari a’zolari Madinadan quvg‘in qilinganlar, so‘ngra yahudiylarning markazlari - Xaybar, Fadak va b.ga harbiy yurishlar qilingan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 437.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.