Kontent qismiga oʻtish

Yahudiy tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yahudiy Tilidan yoʻnaltirildi)

Yahudiy tili – yahudiylarning turli davrlarda, turli mintaqalarda qoʻllanib, turlicha nomlanib kelgan tillarining umumlashma nomi. Bular: 1) qadimiy yahudiy tili – som tillaridan biri. Injil kitobida (Qadimiy ahd, mil. av. 12—3-asrlar), shuningdek, Falastindan topilgan, mil. av. 8-asr – mil. 2-asrlarga mansub sopol parchalaridagi yozuvlarda saqlanib qolgan. Qadimda xanaan tili deb ham atalgan. Mil. 1-asrlarigacha soʻzlashuv tili hisoblangan. Keyinchalik bu til oromiy, yunon, lotin va boshqalar tillardan oʻzlashgan soʻzlar hisobiga leksik jihatdan boyigan hamda morfologiya va sintaksis sohasida bir qancha oʻzgarishlarga uchragan. qadimiy yahudiy tilida boy diniy, falsafiy, ilmiy va badiiy adabiyot yaratilgan. Davrlar oʻtishi bilan qadimiy yahudiy tili yanada koʻnroq oʻzgarishlarga uchraganligidan uning hozirgi „avlodi“ – ivrit alohida, mustaqil til deb qaralmogʻi kerak; 2) ivrit – qadimiy yahudiy tilining 19-asrda qayta tirilgan, oʻzgargan, zamonaviy shakli; yangi bosqichdagi som tillarishn biri. 1948-yildan Isroil davlatining rasmiy tili (arab tili bilan birga). Ivritda 4 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Mil. av. 1-ming yillik oxirlaridan qadimiy yahudiy tili soʻzlashuv tili sifatida isteʼmoldan chiqadi va diniy amaliyot, yuqori uslubdagi diniy va dunyoviy adabiyot tili boʻlib qoladi. 18-asr oxiri va 19-asrda uning negizida, asosan, Sharqiy Yevropa yahudiylarining maʼrifiy va badiiy adabiyot tili sifatida ivrit shakllanadi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab ivrit kundalik aloqaaralashuvdagi soʻzlashuv tiliga ham aylanadi. 20-asr boshlarigacha bir necha talaffuz meʼyorlari mavjud boʻlgan: ashkenaz (Sharqiy Yevropadagi germaniyalik yahudiylarda) va sefard (Oʻrta dengiz sharqi, Fransiya, Niderlandiya va boshqalar mamlakatlardagi ispaniyalik yaxudiylarda) talaffuz meʼyorlaridan sefard talaffuzi keyinchalik asosiy meʼyor sifatida qabul qilinadi. Ivrit leksikasining asosini qadimiy yahudiy tili soʻzlari tashkil etadi va u qadimiy soʻzlarning yangi maʼno kasb etishi, barqaror soʻz birikmalarining soʻzga aylanishi, feʼllardan yangi soʻzlar yasalishi, shuningdek, qadimiy va hozirgi tillardan (arab, rus, ingliz, nemis, idish va boshqalar) soʻz oʻzlashtirish hisobiga boyib bormoqda. Yozuvi anʼanaviy yahudiy yozuvitr; 3) idish – german tillaridan biri, ashkenazlar (germaniyalik yahudiylar)ning soʻzlashuv va adabiy tili. 10— 14-asrlarda yuqori nemis lahjalaridan biri negizida qadimiy yahudiy tilining, keyinchalik esa slavyan tillarining kuchli taʼsiri ostida shakllangan. 15—16-asrlarda ashkenaz yahudiylarining Germaniyadan Polsha qirolligiga koʻchishidan keyin idish, asosan, Polsha, Litva, Ukraina, Belorussiya hududlarida tarqaladi. Yahudiylarning 19-asrning 2-yarmi – 20asr boshlarida AvstroVengriya va chor Rossiyasidan, 1933-yildan Germaniyadan koʻchib (chiqib) ketishi idishning AQSH va Kanadada, Angliya va Janubiy Afrikada, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalishiga olib keldi.

Isroilda esa bu til ivrit tomonidan siqib chiqarilmoqda. Lahjalari uning tarqalish hududiga qarab nomlanadi: polyak lahjasi, litvabelorus lahjasi va boshqalar; ukrain lahjasi adabiy tilga asos boʻlgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8—9 mln. kishi atrofida. Leksikasi qadimiy yahudiycha hamda baynalmilal soʻzlarga boy. Yozuvi anʼanaviy yahudiy yozuvi boʻlib, u idish fonetik tizimini ifodalashga moslashtirilgan; 4) l a dino (ispan yahudiy tili, sefard tili) – roman tillaritn biri. 15— 16-asrlardagi adabiy kastil (ispan) tili asosida shakllangan. L.da soʻzlashuvchilar (100 ming kishi) 1492-yil Ispaniyadan quvgʻin qilingan va Janubiy Yevropa, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Turkiya, Marokash va boshqalar arab mamlakatlariga kelib joylashgan yahudiylar (sefardlar)ning avlodlaridir. Ushbu til asosan Isroilda, Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Laxjalari uning tarqalish hududiga qarab nomlanadi: turk lahjasi, rumin lahjasi va boshqalar Yozuvi 16-asrda anʼanaviy yahudiy yozuvi asosida unga bir qancha diakritik, satr usti belgilari qoʻshib va baʼzi undosh harflarni unlilarni ifodalash uchun qoʻllagan holda shakllantirilgan.

Oʻrta Osiyoda yashovchi yahudiylarning ham oʻziga xos tili bor. Bu til, asosan, tojik tilining samarqandbuxoro lahjasi asosida shakllantirilgan. Uning leksikasida qadimiy yahudiy tili va ivritdagi din, urf-odat va turmushga oid oz miqdordagi soʻzlar saqlangan. 20-asrda Oʻrta Osiyo xalqlari qoʻllab kelgan yozuvlar mahalliy yahudiylar uchun ham umumiy boʻlgan. Diniy amaliyotda anʼanaviy yahudiy yozuvidan foydalaniladi.

  • Dyakonov I. M.. Yazmki drevney Peredney Azii, M., 1967; Shapiro F. L.. Ivritrusskiy slovar, M., 1963 (s prilojeniyem: Grande B. M., Grammaticheskiy ocherk yaznka ivrit); Falkovich E. M., Yevreyskiy yazmk (idish), M., 1966.

Abduvahob Madvashev.