Yahudiylar raqsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suv festivali, Kibbutz, Ramat Yohanan rasmi

Yahudiylar raqsi bu yahudiylar va yahudiylik taʼlimoti bilan bogʻliq diniy raqsdir. Ushbu raqs turi uzoq vaqtlardan beri yahudiylar tomonidan shodlik va boshqa umumiy his-tuygʻularni ifodalash vositasi sifatida ijro etib kelinadi. Raqs isroilliklarning sevimli mashgʻuloti boʻlib, diniy marosimlarda muhim rol oʻynaydi[1].

Ashkenazi va Sefarad anʼanalari bilan bogʻliq raqslar, ayniqsa yahudiylarning toʻy raqslari butun dunyodagi yahudiylar hayotining ajralmas qismidir. Sionizm va Isroil davlatining tashkil topishi bilan bogʻliq xalq oʻyinlari 1950-yillarda mashhur boʻla boshlagan[2].

Yahudiy xalq raqsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashkenazi yahudiylari orasida klezmer musiqasi ostida raqsga tushish shtetllardagi toʻylarning ajralmas qismi boʻlgan. Yahudiy raqslariga mahalliy yahudiy boʻlmagan raqs anʼanalari taʼsir koʻrsatgan. Biroq, ular oʻrtasida, asosan, qoʻl harakatlarida, yosh yigitlar tomonidan yanada murakkab, oyoq bilan ijro etiluvchi, harakatlar kabi farqlar mavjuddir[3].

Hasidiklar raqsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hasidik yahudiylik (iuadizm)da raqs quvonchni ifodalash uchun vosita hisoblanib, ruhni poklash, maʼnaviy yuksalish va jamiyatni birlashtish kabi xususiyatlarga ega deb ishoniladi. Bundan tashqari, quvonchni ragʻbatlantirish uchun terapevtik taʼsirga ega degan farazlar ham mavjud[4].

Hora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hora raqsi yahudiylarning aylana raqsi boʻlib, odatda Hava Nagila musiqasi ostida ijro etiladi. Ushbu raqs anʼanaviy ravishda yahudiylarning toʻylarida va ushbu jamiyatdagi boshqa quvonchli tadbirlarda qoʻllaniladi[5]. Horaning Isroilda mashhurligini baʼzilar ruminiyalik yahudiy raqqosa Barux Agadati bilan bogʻlashadi. 1924-yilda u Yizril vodiysining kashshof aholi punktlariga gastrol safari uyushtirgan "Ohel" ishchilar teatri tomonidan tayyorlangan spektaklda rol ijro etadi. „Xora Agadati“ raqsi ushbu vodiyda muvaffaqiyat qozonadi. Xora raqsiga, qisman, rumin raqsi va rus milliy raqslarining baʼzi xususiyatlari taʼsir koʻrsatgan. Vaqt oʻtishi bilan raqs rivojlanib boradi va 1940-yillarning oʻrtalarida uning yaratuvchisi: Endi bu raqs haqiqiy xalq raqsiga aylandi, deya taʼkidlab oʻtadi[6][7].

Tzaad Temani[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tzaad temani — sakrashga asoslangan raqs turlaridan biri[8]. Tzaad Temani koʻpincha yahudiylarning toʻylari va bayramlarida ommaviy raqs tarzida ijro etiladi. Isroilda joylashgan Inbal raqs teatri Temani raqsiga ixtisoslashgan raqs maktabi hisoblanadi[9].

Dunyoviy konsertlarda yahudiylar raqslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pol Jonsonning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Fransiyada rus baletlari "yahudiylar ijod mahsuli" hisoblanadi[10]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida yahudiy xoreograflar va raqqosalar raqs olamining yetakchi namoyandalari boʻlib, ular orasida Jerom Robbins', Anna Sokolou, Maykl Bennett, Maykl Kidd, Ron Fild, Artur Myurrey, Xelen Tamiris va Pearl Lang kabi ijodkorlar mavjud. Linkoln Kirshteyn Amerika balet maktabi, Amerika baleti va Nyu-York shahar baletining asoschilaridan biri boʻlgan.

Isroilda zamonaviy raqs[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroilda zamonaviy raqsning kashshoflaridan biri Gertrud Kraus boʻlib, u 1935-yilda, majburan, Falastinga koʻchib kelgan va Tel-Aviv xalq operasi bilan bogʻliq zamonaviy raqs maktabini tashkil qilgan[11]. 1950—1951-yillarda u Isroil balet teatriga asos soladi va uning badiiy rahbari boʻladi[11]. Isroildagi zamonaviy raqslarga Isroil xalq raqslari va Yevropa anʼanalari taʼsir koʻrsatadi. Yahudiy raqs maktablari yoʻnalishi oʻz ichiga Kibbutz zamonaviy raqs tashkiloti, Inbal raqs teatri, Bat-Dor raqs maktabi hamda Batsheva raqs jamolari qamrab oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Landa, M. J. (1926). The Jew in Drama, p. 17. New York: Ktav Publishing House (1969). Each Jewish diasporic community developed its own dance traditions for wedding celebrations and other distinguished events.
  2. „Isroilda xalq raqlarining mashhur bo'lish strategiyasi“. 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  3. Yiddish, Klezmer, Ashkenazic or 'shtetl' dances (Wayback Machine saytida 2011-08-12 sanasida arxivlangan), Le Site Genevois de la Musique Klezmer. Accessed 12 February 2006.
  4. „Yahudiy raqslarining psixologiyaga ta'siri, YivoEncyclopedia.org sayti“.
  5. „Yahudiylarning raqslar bilan bog'liq an'analari, WorldWeddingTraditions.com sayti“. 2017-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  6. „The dance Horra Agadati“ (Wayback Machine saytida 2022-06-16 sanasida arxivlangan), Palestine Folk Dance Series No. 1. Recorded by Gert Kaufmann
  7. „Xora raqsining yahudiy milliy raqsiga aylanish tarixi, Forward.com sayti“.
  8. „Sakrashga itisoslashgan yahudiy milliy raqsi, Imber.com sayti“.
  9. „Isroil xalq raqslai maktablari tarmog'i, Phantomranch.net sayti“.
  10. Johnson, op. cit., p. 410.
  11. 11,0 11,1 „Kraus Gertrud va uing isroil-yahudiy xalq raqslariga qo'shgan hissasi haqida, JWA.org sayti ensiklopediyasi“.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]