Yahyo at-Tabriziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yahyo at-Tabriziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1039-yil (hijriy 431-yil)
Vafoti milodiy 1109-yil (hijriy 502-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi adib, nahvshunos, tilshunos va aruzshunos olim

(Abu Zakaryo) Yahyo ibn Ali ibn Muhammad ibn al-Hasan ibn Bistom, ash-Shayboniy, at-Tabriziy (hijriy 431-yil (milodiy 1039-yil)da tug‘ilib, 502-yil (milodiy 1109-yil)da vafot etgan) — adib, nahvshunos, tilshunos va aruzshunos olim bo‘lgan. Xatib nomi bilan tanilgan. Bag‘dodda o‘sib-ulg‘aygan, so‘ngra Shom diyoriga ko‘chib o‘tib, u yerda Abulalo al-Maʼarriydan taʼlim olgan. Salim ibn Ayyub Basurdan hadis tinglagan, undan al-Xatib al-Bag‘dodiy, al-Hofiz ibn Nosir hadis rivoyat qilganlar. Ko‘pchilik unga shogird bo‘lib, tahsil olgan. U bir muddat Damashqda turgan, so‘ngra Misrga tashrif buyurgan. Undan yana Bag‘dodga qaytib borib, u yerda to umrining oxirigacha — jumaduloxir oyida to‘satdan vafot etguniga qadar „Nizomiya“ madrasasida kutubxona fondini boshqargan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sharhu saqti-z-zand“ (Abulalo al-Maʼarriyning „Saqtuz-zand“ — „Alanga uchquni“ asariga sharh");
  • Sharhu devoni-l-hamosa“ ("Abu Tammomning „al-Hamosa“ devoniga sharh");
  • Tahzibu islohi-l-mantiq“ ("Ibn as-Sakiytning „Islohu-l-mantiq“ni tuzatish");
  • al-Mulaxxas fi iʼrobi-l-Qurʼon“ („Qurʼon ifodalari haqidagi moʻjaz izohlar“, to‘rt jildli);
  • al-Kofiy fi ilmayi-l-aruz va-l-qavofiy“ („Aruz va qofiya ilmlari xususida yetarli kitob“);
  • Mishkotu-l-masobih“ („Chiroqlar qo‘yiladigan joy“);
  • Ixtiyorotu-l-mufaddal“ ("al-Xatibat-Tabriziyning „Yoqimli tanlovlar“ asari);
  • Sharhu-l-muʼallaqot“ („Muallaqotlarga bag‘ishlangan sharh“).

Bundan tashqari uning sheʼrlari ham bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 96- bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.