Yahyo ibn Salama al-Kalbiy
Yahyo ibn Salama al-Kalbiy | |
---|---|
arabcha: يحيى بن سلامة الكلبي | |
Al-Andalus hokimi | |
Mansab davri 726 – 728 | |
Oʻtmishdoshi | Uzro ibn Abdulloh al-Fihriy |
Vorisi | Huzayfa ibn al-Ahvos al-Qaysiy |
Yahyo ibn Salama al-Kalbiy (arabcha: يحيى بن سلامة الكلبي) – Umaviylar xalifasi Hishom ibn Abdulmalik tomonidan Andalus hokimi etib tayinlangan va uch yil davomida shu lavozimda xizmat qilgan. Suriyaning janubida va Arabistonning shimolida tashkil etilgan Banu Kalb qabilasiga mansub.
Yahyo ibn Salama soliq yigʻish va nasroniylarning mol-mulkini musodara qilinishini qattiq qoralagan. Shu sababli nasroniylarning mol-mulkini oʻgʻrilashda va noqonuniy ravishda tortib olishda ayblangan arablar va berberlarni jinoiy javobgarlikka tortgan[1]. Soliq miqdorini 722-yilda belgilangan miqdorga pasaytirgan, noqonuniy tortib olingan mol-mulklarni egalariga qaytarish ishlarini amalga oshirgan. Keyinchalik lavozimidan chetlatilgan va uning oʻrnini Ifriqiyaning yangi hokimi egallagan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Oxford, UK / Cambridge, USA: Blackwell, 1989 — 83-bet. ISBN 0-631-19405-3.
- ↑ Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Oxford, UK / Cambridge, USA: Blackwell, 1989 — 85-bet. ISBN 0-631-19405-3.
Oldingisi | Al-Andalus hokimi 726–728 |
Keyingisi |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |