Yakov Lixtenberg
Yakov Grigoryevich Lixtenberg | |
---|---|
Tavalludi |
1899-yil 15-oktyabr Brest-Litovsk, Grodno gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1982-yil 4-sentyabr Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Xarkov milliy qurilish va arxitektura universiteti |
Kasbi | arxitektor |
Mukofotlari |
Yakov Grigoryevich Lixtenberg (1899-yil 15-oktyabr, Brest-Litovsk, Grodno gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1982-yil 4-sentyabr, Moskva, SSSR) – sovet meʼmori. Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yakov Grigoryevich Lixtenberg 1899-yilda Brest-Litovskda tugʻilgan. U 1921—1929-yillarda Xarkov milliy qurilish va arxitektura universiteting arxitektura yoʻnalishida oʻqigan. U Xarkovda Ukrpromstroy tizimida ishlagan (1927—1929). Keyinchalik 1930—1933-yillarda Giprogradda faoliyat yuritgan. Talabalik yillarida Davlat sanoat binosi loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan (meʼmorlar S.Serafimov, S.Kravets, M.Felger, Xarkov). 1933-yilda Metroproyektga taklif qilingan va u yerda 1933-yildan 1939-yilgacha S.Kravets rahbarligida ishlagan. Yakov Grigoryevich Lixtenberg 1939—1943-yillarda Toshkent maxsus loyiha byurosida, 1943—1945-yillarda Davlat qurilish loyihasida (Moskva), 1945—1959-yillarda Mosproyektda ishlagan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qizi Eleanor ham meʼmor boʻlgan.
Nabirasi Irina Lixtenberg (1958—2013) Moskva arxitektura institutini tamomlagan hamda Moskva va Isroilda ishlagan. Yavne va Xod Hasharon shaharlaridagi yirik shaharsozlik loyihalari muallifi boʻlgan.
Loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sement zavodini rekonstruksiya qilish (1927—1929, Kramatorsk, SSSR);
- Turbina zavodi laboratoriyasi (1927—1929, Xarkov, SSSR)
- 800 oʻrinli maktab (1927—1929, Xarkov, SSSR)
- Poliklinika (1927—1929, Xarkov, SSSR)
- Poliklinika (1927—1929, Kramatorsk, SSSR)
- Kinoteatr (1930, Xarkov, SSSR)
- Turar-joy binolari (1930—1932, Xarkov, Artemyevsk, Makeevka, Yenakievo, SSSR)
- Ikkita universal doʻkon (1930—1932, Xarkov, SSSR)
- 4000 oʻrinli teatr loyihasi amalga oshirilmagan (1930, Xarkov, SSSR)
- Butunrossiya qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasidagi Volga viloyati paviloni (1930-yillar, Xarkov, SSSR);
- Butunrossiya qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasidagi Ukraina paviloni (1930-yillar, Xarkov, SSSR)
- Harbiy dengiz floti madaniyat uyi (1940, Sevastopol, SSSR, S.Kuznetsov bilan birga)
- O‘zbekistondagi evakuatsiya qilingan korxonalar uchun aholi punktlari: Qaratau va Bekobod, (1940-yillar, Toshkent, SSSR[3])
- Kurskaya metro bekati amalga oshirilmagan (1940-yillar, Moskva, SSSR)
- Belorusskaya metro bekati amalga oshirilmagan (1940-yillar, Moskva, SSSR).
Mukofot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Архитектор Яков Лихтенберг“. www.n-metro.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Памятник архитектуры 1947 года и кота“. www.daryadarya.livejournal.com. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Архитектор Я.Г.Лихтенберг“. www.nasledie-rus.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.