Yakov Xamarmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yakov Xamarmer
Tugʻilgan sanasi 18-dekabr 1920-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent OʻzSSR
Vafot sanasi 8-oktyabr 1986-yil
Vafot joyi Leningrad, RSFSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi rejissyor, dramaturg

Yakov Semyonovich Xamarmer (18-dekabr 1920-yil, Toshkent O'zbekiston – 8-oktyabr 1986-yil) – sovet teatri rejissyori, RSFSR xalq artisti[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xamarmer 1937-yildan – Lenin komsomol nomidagi Leningrad teatri aktyori.

1940-yildan 1946-yilgacha Boltiq flotining boʻlinmalarida xizmat qilgan. Xankoni mudofaa qilishda qatnashgan va Leningradni himoya qilgan.

1952-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Leningrad teatr institutining rejissyorlik fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kemerovo viloyat drama teatrida rejissyor boʻlib ishlagan. 1955-yildan 1958-yilgacha Velikolukskiy nomidagi viloyat drama teatrining bosh rejissyori. 1958–1960-yillarda M. Gorkiy nomidagi musiqali drama teatri (Chelyabinsk-40) bosh rejissyori. 1961–1966-yillarda Leningrad Maly drama teatrining bosh rejissyori boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan.

Xamarmer 1966-yilda „Liteiny“ nomli Leningrad drama va komediya teatriga bosh rejissyor etib tayinlandi va umrining oxirigacha shu lavozimda ishladi. U Leningrad va mamlakatning boshqa shaharlaridagi teatrlarda ikki yuzdan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan.

Oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan, 1978-yildan Leningrad teatr, musiqa va kinematografiya institutida dars bergan, 1984-yildan aktyorlik sanʼati kafedrasi dotsenti boʻlgan. Uning shogirdlari orasida Igor Konyayev, Igor Larin bor.

Yakov Xamarmer 1986-yilda vafot etgan. U Komarovskoye qabristoniga dafn qilindi[2].

„Dengizchilar“, „Orol bayrogʻi“, „Sevimlilar“ pyesalari muallifi. Xamarmer asarida harbiy-qahramonlik mavzusi katta oʻrin egallagan, bu asosan oʻzining oldingi oʻtmishi bilan bogʻliq.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakov Xamarmer 1969-yilda RRFSRda xizmat ko'rsatgan artist, 1978-yilda RRFSR xalq artisti, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Qizil Yulduz ordeni, 1-darajali Ulugʻ vatan urushi ordeni, Jangovar xizmatlari uchun medali, Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan medal bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]