Kontent qismiga oʻtish

Yaktak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
250

Yaktak — yozgi, yengil kiyim; erkaklar koʻylagi. Oldi ochiq, uzun, yengli hamda tik yoqali. Ya. toʻgʻri bichimli, kalta (uzunligi asosan tizzagacha) va yalang qavat boʻlishi bilan yaoʻidan farq qiladi; asosan oq (boʻz) surp, shuningdek yoʻl-yoʻl matolardan tikiladi. Ya. orqa-oldi yelkadan oshirib tashlangan yaxlit matodan tashkil topgan, uning ikki yoniga yonlar, yenglar tana qismiga toʻgʻri ulanib, yeng va yonlar orasiga qulpak solingan. Uzun, ensiz bir necha qavat tasmasimon boʻlakdan iborat boʻlgan hamda uzunasiga bir necha qator choklar solib qotirilgan yoqa yoqa oʻyigʻiga ulangan. Orqa tomoni tik, oldi koʻkrakkacha tekis tushib turadi. Ya. bagʻrini birlashtirish uchun yoqaning pastki qismiga bogʻichlar tikiladi yoki izma qilib tugma qadaladi. Hozirda Toshkent, Fargʻona vodiysi va boshqalarda toʻgʻri bichimli Ya. bilan birga yangi bichiqda tikiladiganlari ham keng tarqalgan. XII-XIII-asrlardan yozma manbalarda Ya. haqida maʼlumotlar bor,V-VI-asrlarga oid devoriy rasmlar hamda miniatyuralarda Ya. tasviri uchraydi.