Kontent qismiga oʻtish

Yali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yali — Indoneziyaning Yangi Gvineya orolidagi Papua provinsiyasida yashovchi yirik qabila guruhi.

Ularni „yali“ deb qoʻshni dani xalqi vakillari atashadi, lekin dastlab yalilarning oʻzlari bu soʻzni oʻz nomi sifatida ishlatmaganlar[1][2]. 1991-yilgi aholi soni hisobiga koʻra, 15 000[3] yoki 30 000 yali[4].

Xristianlar (asosan protestantlar) hisoblanadi. 1970-yillarga qadar kannibalizm haqida xabarlar tushgan.

Yali jamiyati patriarxal — erkaklar uy qurish va ov qilish, ayollar esa oziq-ovqat yetishtirish va terimchilikka mas’uldirlar.

  1. Garve, Roland. Irian Jaya. Die verlorene Steinzeit. Leipzig and Weimar: Kiepenheuer Verlag — 49-bet. ISBN 3-378-00456-8. 
  2. Milliken, W. Ethnobotany of the Yali. Royal Botanic Garden, Edinburgh. (PDF) (Wayback Machine saytida 2018-07-22 sanasida arxivlangan)
  3. „Ethnologue: Yali, Angguruk“. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  4. Boissière, Manuel „Gestion d’un terroir forestier par des cultivateurs yali d’Irian Jaya (Indonésie)“. 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart. (Wayback Machine saytida 2018-03-24 sanasida arxivlangan)