Kontent qismiga oʻtish

Yamandagi inqilob (2011-2012)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yamandagi inqilob - Yamanda 2011-yilning yanvar oyidan beri Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarini qamrab olgan arab bahori davrida boshlangan norozilik namoyishlari. 1978-yildan beri 32 yil hokimiyatda bo'lgan prezident Ali Abdulla Solihning iste'fosini talab qilingan ilk namoyish 22-yanvar kuni bo'lib o'tdi.[1][2]. 27-yanvar kuni minglab odamlar mamlakat poytaxti Sana shahri ko‘chalariga chiqib, prezidentning iste’fosini talab qilishdi .

1994-yildan beri mamlakatda “Alloh ansorlari” guruhi faoliyat yuritadi, u qurolli shia tashkiloti bo`lib dastlab mamlakat shimolidagi hududning kichik bir qismini nazorat qiladi. 2004-yilda Imom Husayn al-Husiy Yaman hukumatini shia aholisini kamsitishda ayblab, hukumatga qarshi isyon ko'taradi.

Faqatgina 2009-yilda hukumat qo'shinlari Saudiya Arabistoni ko'magi bilan bu isyonni bostirishga muvaffaq bo'ldi.

2010-yilning fevral oyida husiylar va Yaman hukumati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.

Husiylar Yamanda faoliyat yurituvchi shia jangari guruhidir. Guruh 2004-yil sentabrida hukumat kuchlari tomonidan o‘ldirilgan asoschisi va sobiq rahbari Husayn al-Husiy sharafiga nomlangan. Shundan so‘ng guruh rahbarligi uning ukasi Abdel-Malik al-Husiyga o‘tdi.

Guruh aʼzolarining fikricha, soʻnggi oʻn yilliklarda hokimiyat tepasida boʻlgan Yamandagi aksar sunniylar mamlakat shimolida yashovchi ozchilik bo`lgan shialar manfaatlarini mensishmaydi.

Husiylar ilgari surgan g`oyalar:

-Hukumatda shia vakillari sonini oshirish;

— Uglevodorodlarni sotishdan tushgan daromadni shialar foydasiga qayta taqsimlash

Uzoq yillik rahbarlarni ag`dargan Misrdagi ommaviy norozilik namoyishlari va Tunisdagi xalq qo'zg'olonlari ortidan minglab yamanliklar poytaxt Sanada namoyishga chiqishdi. Namoyishdan maqsad 30 yildan ortiq prezidentlik qilayotgan Ali Abdulla Solihni iste’foga chiqarish edi.

Yaman arab dunyosidagi insoniy rivojlanish indekslari eng past davlatlardan biri bo`lib mamlakatning yarmidan ko'pi kuniga 2 dollar yoki undan kam daromad bilan yashaydi, aholining uchdan bir qismi doimiy ochlikdan aziyat chekadi.

Yamanda ancha kuchli mavqega ega bo`lgan Al-Qoida bilan mamlakatda uzoq vaqtdan beri mojaro mavjud[3], mamlakat janubida esa Yaman Xalq Demokratik Respublikasi qayta tiklanishini istaydigan separatistik harakatlar kuchli qoʻllab-quvvatlanadi.

Arab bahorining asosiy sabablari (Yamandagi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diniy : sunniylar va shialar o'rtasidagi qarama-qarshilik, Saudiya Arabistoni tomonidan sun'iy ravishda yoyilgan vahhobiylik ig'volari va bosimi.

Siyosiy : YAR va YXDRning birlashishi natijasida hukmron elita va muxolifat (shimoliy va janubiy) shakllandi. Ularning ziddiyati diniy omil va terroristik harakatlar bilan keskinlashdi.

Iqtisodiy : Iqtisodiy islohotlar oziq-ovqat subsidiyalarining bekor qilinishiga, yoqilg'i narxining oshishiga, valyuta devalvatsiyasi va Saaddagi harbiy harakatlarga olib keldi.

Harbiy : diniy, tarixiy, siyosiy jihatlarga asoslangan jamiyatdagi mojarolarning yuqori darajasi

Arab bahoriga olib keluvchi omillar (Yamandagi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Ali Abdulloh Solihning diktatorlik rejimi;

2. Mamlakat hududida ikkita diniy oqimning tarqalishi, janubdagilarning (shialar) hukumatda o`z vakillarining kamligi va resurslar ta'minotidan noroziligi;

3. Terrorchi guruhlarga qo‘shilgan sunniylarga shia diniy an’analarini singdirishga urinish;

4. Sunniylarning davlat organlarida ko'proq siyosiy hokimiyatga ega bo'lish va resurslarni qayta taqsimlashdan foydalanish istagi;

5. Yamandagi diniy oqimlar orasida ekstremistik oqimlarning rivojlanishiga turtki bo'lgan boshqa davlatlarning harbiy va siyosiy aralashuvi.

Xalqaro
  • Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yamanda aholiga qarshi kuch ishlatishga yo'l qo'yilmasligi haqida bayonot berdi .
  • Fransiya tashqi ishlar vaziri 2011-yil 21-mart kuni Solihning iste'fosi muqarrar ekanligini aytdi .
  • Kavkaz amirligining "amiri" Doku Umarov 2011 yil 17 mayda Kavkaz markazi veb-saytida e'lon qilingan intervyusida arab inqiloblari haqida gapirar ekan, shunday dedi: "Barcha arab davlatlarining eng qiziqarli voqealarini Yamanda kutish mumkin. Mujohidlarning pozitsiyalari eng istiqbolli va jiddiy harbiy harakat qaerdan boshlanishi mumkin”[4] .

Havolalar (qo`shimcha)

[tahrir | manbasini tahrirlash]