Yangi Kaledoniyaning diniy tarkibi
Yangi Kaledoniyadagi din — Yangi Kaledoniya xalqlariga xos boʻlgan diniy eʼtiqodlar toʻplami hisoblanadi. Bu mamlakatdagi barcha diniy masalalar Jorj Mandelning 1939-yil 16-yanvar va 6-dekabrdagi farmonlari bilan tartibga solinadi. Aholining asosiy qismi xristianlar (katoliklar — 60 %, protestantlar — 30 %), shuningdek, sunniy musulmonlar (4 %) ni tashkil etadi. Melaneziyaliklar nasroniylik bilan bir qatorda anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qilishadi.
Xristianlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anʼanaviy eʼtiqodlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi Kaledoniyadagi islom diniga kam insonlar eʼtiqod qiladi, YAngi Kaledoniyada Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar soni 6357 tani tashkil etadi. Yangi Kaledoniyadagi musulmonlarning aksariyati etnik yavaliklar hisoblanadi. Bu shtatdagi musulmonlar asosan fransuz, shuningdek arab va indonez tillarida gaplashadi. Bu Avstraliya va Fiji Respublikasidagi qoʻshni ingliz tilida soʻzlashuvchi musulmon jamoalari bilan ular oʻrtasida lingvistik tafovutni keltirib chiqaradi[1]. Yangi Kaledoniya orollarida 2 ta islom diniy markazlari mavjud. Birinchi markaz Buraya shahrida joylashgan boʻlib, asosan Jazoirdan kelgan muhojirlarning avlodlaridir. Ikkinchi markaz Yangi Kaledoniya poytaxti Noumea shahrida joylashgan[2]. Yangi Kaledoniyadagi musulmonlarning katta qismi sunniylar hisoblanadi. Yangi Kaledoniya mamlakatida qadimdan aholi emigratsiyasi mavjud boʻlgani sabab, nisbatan aholi orasida din nuqtai nazardan turfa xillik mavjud. Ayrim hududlarida Islom va Yahudiylik yoki boshqa orol hududlarida mahalliy anʼanaviy dinlar mavjud boʻlsa, poytaxt va unga tutash qismlari va Yangi Kaledoniyaning qolgan koʻplab hududlarida Xristianlik dini ulushi yuqori hisoblanadi.
Boshqa dinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi Kaledoniya yahudiy jddiniga eʼtiqod qiluvchillar soni 300 ga yaqin kishin i tashkil etadi. U yerda sinagoga[3] mavjud. Buddizm va hinduizmga asosan Janubi-Sharqiy Osiyo va Hindistondan kelganlar amal qiladi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Richard Adler. Religious Cooperation in the Pacific Islands. Institute of Pacific Studies, University of the South Pacific, 1983.
- ↑ Manfred Ernst. Globalization and the Re-shaping of Christianity in the Pacific Islands. Pacific Theological College, 2006. ISBN 9789823480206.
- ↑ „Un Beth Habad à Nouméa en Nouvelle Calédonie | LPH INFO“ (fr). LPH INFO (2017-yil 29-yanvar). 2018-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-aprel.
- ↑ „Association Bouddhique de Nouvelle-Calédonie“ (fr). cafe-the-la-soupe.blogspot.fr. Qaraldi: 2018-yil 10-aprel.