Kontent qismiga oʻtish

Yangibozor tabiat yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangibozor tabiat yodgorligi — Xorazm viloyati Yangibozor tumanida, Urganch shahridan 25 km uzoqlikda, Amudaryo boʻyida, Kechakbobo qabristoni atrofida joylashgan. Mazkur tabiat yodgorligi dengiz sathidan 64-67 metr balandlikda joylashgan[1].

Tashkil etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Yangibozor“ tabiat yodgorligi Xorazm viloyati Yangibozor tuman hokimiyatining 2003-yil 5-maydagi 738-son (136 ga (1.36 km2; 0.53 kv mi)), 2004-yil 4-fevraldagi 819-son (113.2 ga (1.132 km2; 0.437 kv mi)), 2004-yil 7-avgustdagi 853-son (120 ga (1.2 km2; 0.46 kv mi)) va 2004-yil 17-apreldagi 1155-son (1,211 ga (12.11 km2; 4.68 kv mi)) qarorlari bilan tashkil etilgan.

Hudud maydoni 4,903 ga (49.03 km2; 18.93 kv mi) dan iborat. Bugungi kundagi yer maydoni 4,707 ga (47.07 km2; 18.17 kv mi)ni tashkil etadi. Tabiat yodgorligining asosiy vazifasi Amudaryoning qirgʻoq qismidagi koʻl-toʻqay majmuasini saqlab qolishdan iboratdir.

Tabiiy yodgorlik sobiq „Yangibozor“ ovchilik xoʻjaligi hududida yaratilgan va toʻgʻonlar bilan ajratilgan toʻrtta koʻldan tarkib topgan. Koʻllar qisman botqoq oʻsimliklari bilan qoplangan va suv qushlari yashashi uchun qulay joy hisoblanadi.

Har bir koʻl joylashgan yer maydonining oʻz egasi mavjud. Har bir yerdan foydalanuvchi shaxs tuman hokimligi qaroriga asosan oʻzining „tabiat yodgorligini“ himoya qilishga majburdir.

Hayvonot olami tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiat yodgorligining hayvonot dunyosi asosan, o‘rdaklar va baliqlarning bir nechta turlaridan tarkib topgan[2].

Foydalanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda hududning asosiy qismida „Milliy bogʻ“ tashkil etilgan. Tabiat yodgorlik hududidan mahalliy baliqchilar qarmoq bilan baliq ovlash, shuningdek, dam olish uchun maskani sifatida foydalanadilar.

Bu hudud koʻpgina qush turlarini koʻpaytirish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan makon hisoblanadi.