Yarim kecha
Qiyofa
Yarim kecha, yarim tun — Yerdagi muayyan bir joy uchun haqiqiy yoki oʻrtacha Quyosh markazi pastki kulminatsiyada (ufqdan eng pastda) boʻladigan vaqt. Haqiqiy Quyoshning meridiandan oʻtishida haqiqiy yarim kecha, oʻrta Quyoshning meridiandan oʻtishida oʻrtacha yarim kecha yuz beradi. Yarim kechaning kirish vaqti joyning geografik uzunligiga bogʻliq boʻladi: har 15° dan keyin yarim kecha 1 soat keyinroq kiradi. Odatda, yarim kecha soat 24:00da kiradi va kalendarda kun oʻzgaradi. Fuqaro vaqti shu paytdan hisoblanadi. Dunyo vaqti hisoblay boshlanadigan Grinvich meridianining oʻrtacha yarim kecha uchun maʼlumotlar astronomik yilnomalarda beriladi.
Yana qara
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |