Kontent qismiga oʻtish

Yasmiq shoʻrvasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yasmiq shoʻrva – asosiy tarkibiy qismi yasmiq boʻlgan shoʻrva. Taʼbga koʻra goʻsht solish yoki solmaslik mumkin. Tozalangan sariq va qizil yasmiqlar pishirilgandan soʻng boʻlaklarga boʻlinadi va shoʻrva tayyorlanadi. Yevropa, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqdagi xalqlarning kundalik asosiy taomi hisoblanadi.

Yasmiq qoldiqlari Gretsiyadagi Franchti gʻorining paleolit va mezolit qatlamlarida (9500-13000 yil oldin), Suriyadagi Mureybet va Tell Abu Hureyrada va mezolit davrining oxiriga oid Yerixoda topilgan[1]. Aristofan yasmiq shoʻrvasini „taomlarning eng mazalisi“ deb atagan[2].

Yasmiq shoʻrvasida ishlatiladigan bir necha turdagi yasmiqlar

Yasmiq shoʻrvasida sabzi, kartoshka, selderey, maydanoz, pomidor, qovoq kabi sabzavotlar boʻlishi mumkin. Umumiy taʼm beruvchilarga sarimsoq, dafna yaprogʻi, zira, zaytun moyi va sirka kiradi. Hind yasmiq shoʻrvasiga turli xil aromatik ziravorlar qoʻshiladi.

  1. „Lentils: A Legume For The Ages“ (İngilizce). NPR (7 ocak 2009). 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart.
  2. „Did You Know: Food History - A Short History of Lentils“. www.cliffordawright.com. 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 aralık 2018.