Kontent qismiga oʻtish

Yasovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yasovul, yasavul – oʻrta asrda turkiy va moʻgʻul xonliklaridagi saroy mansabi[1]. Dastlab, Yasovul koʻrsatmalariga asoslangan farmonlarni (hukmdor farmonlarini) ijro etuvchi mansabdor shaxs. Keyinchalik zimmasiga saroyda turli xildagi maʼmuriy-siyosiy mayda topshiriqlarni bajarish yuklangan kichik xizmatchi. Manbalarga koʻra, yasovullar soliq toʻplash va olingan oʻljaning xonga tegishli qismini hisoblash bilan ham shugʻullanganlar. „Mehmonnomayi Buxoro“ asarida aytilishicha, 1509-yil Shayboniyxon Arquqdan Turkistonning sharqiy tumanlariga tagʻor soligʻini yigʻish uchun yasovullar joʻnatgan. Shuningdek, Shayboniyxon Hisorda boʻlgan chogʻda (15050-yilda) yasovullar tushgan oʻljadan xonga tegishli qismini xon qarorgoxiga keltirganlar, uni xon farmoniga koʻra Samarqandga joʻnatganlar.