Kontent qismiga oʻtish

Yasovulboshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yasovulboshi — Turkiston xonliklarida saroy mansablaridan biri. Mas, Xiva xonligida Ya.ning qoʻlida mirshabxona, qamoqxonalar, shuningdek, xonni qoʻriqlash ishlari boʻlgan. Maxfiy farmonlar ham Ya. orqali oʻtgan. Ya. koʻchmanchilardan tuzilgan askariy qismlarga qoʻmondonlik qilgan. Ya. xonning farmoniga muvofiq askarni vaqtida urushga boshlab borishgan. Har bir Ya.ning bir necha yordamchisi boʻlib, ular yasovumlar deb atalgan. Arznomani tekshirish uchun xondan farmon olgach, Ya. oʻz yordamchilaridan birini shikoyatchiga qoʻshib, hodisa yuz bergan joyga joʻnatgan. Tekshirish ishlari tamom boʻlgandan keyin, Ya. saroydan boshlab bosilgan har bir tosh (18 chaqirim) masofa uchun arzchidan oʻz foydasiga 3,5 tanga undirib olgan. Qadimda Ya.da uning unvonini koʻrsatadigan kumush qalpoqlik aso boʻlgan, 19-asr oxirlarida esa Ya. kamariga pichoq taqqan.