Kontent qismiga oʻtish

Yavuz Ağıralioğlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yavuz Ağıralioğlu

Yavuz Ağıralioğlu
 Turkiya Buyuk Millat Majlisi İYİ Partiyasining vakili
 
Mansab davri
2019-yil 30-iyul – 2023-yil 7-aprel
Prezident Recep Tayyip Erdoğan
 IYI partiyasi raisining fuqarolik jamiyati tashkilotlari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari
 
Mansab davri
2019-yil 29-iyul – 2022-yil 30-mart
Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi IYI partiya fraksiyasi matbuot kotibi
Mansab davri
2018-yil 8-iyul – 2019-yil 29 iyul
„Büyük Birlik Partisi“ partiyasi raisining o‘rinbosari
Mansab davri
2003 yil iyul
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-fevral 1972-yil (1972-02-01) (52 yosh)
Çaykara, Trabzon

Yavuz Ağıralioğlu (1972-yil 1-fevral; Çaykara tumani, Trabzon, Turkiya) – turk siyosatchisi[1]. „İYİ“ Partiyasining Istanbuldagi sobiq deputati. 2020—2022-yillarda „Türk Dünyası ve Yurtdışı Türkler“ tashkiloti rahbari.

Yavuz Ağıralioğlu 1972-yil 1-fevral kuni Trabzonning Çaykara tumanidagi Eğridere qishlogʻida tugʻilgan. Otasining ismi Mustafo, onasining ismi Xadicha. 6 yoshiga qadar Eğridere qishlogʻida yashagan boʻlib, keyinchalik oilasi Yozgatning Sorgun shahriga koʻchib oʻtgan. Boshlangʻich, oʻrta hamda litsey taʼlimini Sorgun shahrida tamomlagan Ağıralioğlu Anqara universiteti Siyosiy fanlar fakulteti xalqaro aloqalar boʻlimini tamomlagan.

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995—1997 yillarda „Alperen Ocakları“ yoshlar tashkilotining bosh raisli; Muhsin Yazıcıogʻlu raisligi davrida „Büyük Birlik Partisi“ MKYK aʼzosi va rais oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan[2]. U 2011 yilda Buyuk birlik partiyasi raisligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 2011-yildan buyon „Türkiye İnisiyatif“ markazining rahbaridir.

Yavuz Ağıralioğlu 2018-yilning may oyida İYİ partiyasiga kelib qoʻshilgan va 2018-yil Turkiyada boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda İYİ Partiya Istanbul deputati etib saylangan[3]. U, shuningdek, 2018-yil iyulidan 2019-yil iyuligacha İYİ partiyasi parlament guruhi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2019—2020 yillarda İYİ partiyasi matbuot kotibi, 2020—2022-yillarda „Türk Dünyası ve Yurtdışı Türkler“ tashkiloti rahbari boʻlgan.

2023-yilgi Turkiya prezidentlik saylovida Millatlar ittifoqidan umumiy prezidentlikka Kemal Kılıçdaroğlu nomzod boʻlishiga va Millat ittifoqining HDP bilan Kılıçdaroğlu foydasiga kelishuviga qarshi chiqib, saylovlarda Kılıçdaroğluga ovoz bermasligini maʼlum qilgan[4]. 2023-yil 28-martda u 5 yil faoliyat olib borgan „İYİ“ partiyasidan isteʼfoga chiqdi[5].

2024-yilgi mahalliy saylovlardan keyin mustaqil partiya tuzishini maʼlum qilgan[6].

Yavuz Ağıralioğlu oilali va 3 nafar farzandi bor.

  1. „Yavuz Ağıralioğlu kimdir?“. web.archive.org (2019-yil 6-yanvar). 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  2. [https://www.aksam.com.tr/siyaset/bbp-yeni-baskanini-secti--52048h/haber-52048 „BBP yeni ba�kan�n� se�ti - Haberler - Son Dakika Haberleri | AK�AM“]. web.archive.org (2019-yil 6-yanvar). 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  3. „Yavuz Ağıralioğlu İYİ Parti'ye katıldı“ (tr). Yeniçağ Gazetesi (2018-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  4. „İYİ Partili Yavuz Ağıralioğlu: Kılıçdaroğlu'na oy vermeyeceğim“. web.archive.org (2023-yil 28-mart). 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  5. Haber7 „İYİ Partili Yavuz Ağıralioğlu istifa etti“ (tr). Haber7. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  6. „Yavuz Ağıralioğlu'ndan Dikkat Çeken Mesajlar: Yeni Parti Geliyor!“ (tr). Onedio. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.