Yavuz Baydar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yavuz Baydar
Tavalludi 1958
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Journalist

Yavuz Baydar ingliz, turk va arab tillarida nashr etiladigan “Ahval ” onlayn axborot sayti bosh muharriri. Baydar turkiyalik jurnalist, blogger va ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligi uchun kurashchilar faoli.

Baydar Turkiyada 2016-yilda muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat toʻntarishidan keyin ma'lum vaqt Turkiyadan chet elga chiqib yashashga majbur bo'lgan[1]. NordicMonitor nashri bergan maʼlumotlariga koʻra, 2016-yildagi muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishidan soʻng “Turkiyaning oʻnlab yetakchi jurnalistlari va akademiklari terrorizmga oid soxta ayblovlar boʻyicha jinoiy tergovga tortilgan”, jumladan Baydar ham.[2]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar davomida Baydar bir nechta mukofotlarga sazovor bo'ldi: 2018-yilda Germaniyadagi SüdostEuropa Gesellschaft (Myunxenda joylashgan) tomonidan nufuzli "Journalistenpreis"[3].

2014-yilda u Sabah gazetasining Gezi bog'idagi noroziliklarini tsenzura ostida tanqid qilgani uchun Yevropa matbuot mukofoti tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlangan[4]. U 2017-yilda BMT Watch tomonidan inson huquqlari bo'yicha Morris B Abram mukofotiga sazovor bo'lgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yavuz Baydar“ (en-US). Festival Internazionale del Giornalismo. Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
  2. Bozkurt. „Dozens of journalists named as terrorists and spies in criminal probe in Turkey“ (en-US). Nordic Monitor (2020-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  3. „Yavuz Baydar“ (en). MEO. Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
  4. „The Special Award 2014“. European Press Prize. Qaraldi: 2020-yil 28-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]