Yaydoqchilar
Yaydoqchilar — pardaqanotlilar turkumiga mansub nashtarsiz tekinxoʻr hasharotlar oilasi. 60 mingdan ortiq turi maʼlum. Ularga gibrobrakon va trixogramma yaydoqchisi kiradi. [1]Yaydoqchilarning qurtlari boshqa hasharotlar tanasida yoki tuxumida parazitlik qilib yashaydi. Yaydoqchilarning qorni uchida uzun tuxum qoʻygichi boʻladi. Tabiatda oʻtlar ustida pastlab uchib yurgan yirik yaydoqchilarni koʻp uchratish mumkin. Yaydoqchilar tuxum qoʻygichi yordamida hasharotlar qurti terisini teshib, uning tanasiga tuxum qoʻyadi. Tuxum qoʻyadigan urgʻochi yaydoqchi qurtni minib olganga oʻxshaydi. Shuning uchun bu hasharotlar yaydoqchilar deb ataladi. Tuxumlardan chiqqan yaydoqchi qurtchalari kapalak qurti tanasi toʻqimalarini yeb oʻsadiva asta sekin uni halok qiladi. Bir qancha yaydoqchilardan zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash olib borish maqasadida foydalaniladi. Go'za tunlami va tunlam kapalaklar qurtiga qarshi kurashda trixogramma va gibrobrakon yaydoqchilari foydalanib kelinmoqda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ M.M. Abdulxayeva Biologiya 2022.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |