Kontent qismiga oʻtish

Yekaterina Andryushina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yekaterina Sergeyevna Andryushina – rossiyalik gandbolchi, Rossiya terma jamoasi tarkibida ikki karra jahon chempioni. Rossiyaning „Luch“ va „Zvezda“, shuningdek, Fransiyaning „Metz“ klublarida oʻynagan. 2015-yilda sportdagi faoliyatini yakunlagan. Hozirda „Metz“ klubida Emmanuel Mayonnadega(ingl.) yordamchi murabbiyi boʻlib ishlamoqda, 2019—2021-yillarda Niderlandiya terma jamoasida ham ishlagan.

2007 va 2009-yilgi jahon chempioni. 2008-yilgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori. 2006-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. Rossiya terma jamoasi uchun (2009-yil 20-dekabr holatiga koʻra) 81 oʻyin oʻtkazib, 192 gol urgan.

Rossiya chempioni (2007), Rossiya chempionatlarining kumush medali sovrindori (2008, 2009, 2010), EHF kubogi (2007), Chempionlar ligasi (2008) va EHF Superkubogi (2008) gʻolibi.

2019-yilda Andryushina bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlayotgan Niderlandiya terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni boʻlgan.

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
  • II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali (2009-yil 2-avgust) – jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan XXIX Olimpiada oʻyinlarida erishgan yuksak sport yutuqlari uchun [1]
  • 2000—2007-yillar: „Luch“ (Moskva)
  • 2007—2011-yillar: „Zvezda“ (Zvenigorod)
  • 2011—2015-yillar: „Metz“ (Metz)
  • 2 karra jahon chempioni (2007, 2009).
  • Yevropa chempionatining kumush (2006) sovrindori.
  • Rossiya chempioni (2007).
  • Rossiya kubogi gʻolibi (2010).
  • Chempionlar ligasi gʻolibi (2008).
  • EHF kubogi gʻolibi (2007).
  • 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush.
  • 2 karra Fransiya chempioni (2013, 2014).
  • Fransiya kubogining 2 karra gʻolibi (2013, 2015).
  • Liga kubogi gʻolibi (2014).
  1. Ukaz Prezidenta RF ot 2 avgusta 2009 g. № 885