Yekaterina Fiveysnaya
Qiyofa
Fiveysnaya Yekaterina Petrovna — 1869-yili tug‘ilgan, Moskva oblasti Nikolskaya Uryupino qishlog‘idan, rus, ruhoniyning qizi, mutaxassisligi vrach. 1935-yili SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi xuzurida maxsus kengash cherkovchilarning aksilinqilobiy faoliyati uchun O‘zbekistonga 3 yilga surgun qilingan, surgunni Behbudiy shahrida o‘tagan, hech qayerda ishlamaydi. Surgundaligida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borganlikda, xalq dushmanlari haqida ijobiy fikr bildirganlikda, aksilinqilobiy, troskiychilik targ‘iboti olib borganlikda, terrorchilik fikrlar aytganlikda, tintuv chog‘ida undan kuchli ta’sir etuvchi zaharli dorilar topilganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 91-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.