Kontent qismiga oʻtish

Yekaterina Laskaridou

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yekaterina Laskaridou
Tavalludi 1842-yil
Vafoti 1916-yil
Afina, Gretsiya
Fuqaroligi Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Kasbi o'qituvchi

Yekaterina Laskaridou (grekcha: Αίκαθαρίνη Λασκαρίδου) — Gretsiyada bolalar bogʻchasi tizimini yaratgan va qizlar maktablarida jismoniy mashqlarni joriy etgan yunon feminist va oʻqituvchisi.

Laskaridouning, qizlik familyasi Kristomannos, 1842-yilda Vena shahrida Sharqiy Makedoniya yunonlarining Meleniko shahridan (hozir Bolgariyada) Konstantinos A. Kristomannos va Mariya Kazazi oilasida tugʻilgan. 1842-yildan 1855-yilgacha Vena akademiyasida oʻqituvchilar tayyorlash uchun oʻqigan. 1858-yilda bursalik badavlat savdogar Laskaris Laskaridesga uylangan. Ular asosan Afinada yashagan va 1864-yilda Laskaridou bu yerda yunon qizlar maktabiga asos solgan. 1865-yildan 1867-yilgacha Laskaridou Jon va Meri Xill memorial maktabida avval oʻqituvchi boʻlib, keyinchalik maktab direktori boʻlib ishlagan. 1867-yilda Kalliopi Kehadzi bilan Ellin qizlar maktabini tashkil etgan va u yerda 1887-yilgacha (nafaqaga chiqqunga qadar) faolityat yuritgan[1][2][3]. 1878 va 1879-yillarda Laskaridou Germaniyada baronessa Berta von Mahrenholtz-Bulovin bilan birga tahsil olgan. U yerda Froebel usulini oʻrganib chiqqan, oʻzi bilan Gretsiyaga olib kelib, maktabgacha taʼlim va tarbiyachilarni tayyorlash faoliyatiga kiritgan. „Hellenikon Parthenagogion“ ni Froebel usulining markaziga aylantirishga harakat qilgan[4][5][6][7]. Laskaridou Gretsiya xotin-qizlar ittifoqining taʼlim boʻlimi prezidenti boʻlgan va gimnastika assotsiatsiyasi bilan maktablarga birinchi gimnastika darslarini tashkil qilish uchun ish olib borgan[8].

Yunon-turk urushi avjida (1897-yilda) Laskaridou Afina va Pirey shahar teatrlarida kambagʻallar uchun oʻquv seminarlarini tashkil qilgan. Keyinchalik bu yerda ham kambagʻallar uchun bolalar bogʻchalari va gimnaziyalar ochgan. 1906-yilda yetarli miqdorda oʻqituvchilar tayyorlash uchun kechki maktablar ochilgan. Nihoyat, 1912-yilda Laskaridou bolalar oʻqituvchilarini tayyorlash uchun Milliy bolalar bogʻchasini va Afina Oliy qizlar maktabini tashkil etgan[9] [10] .

Uchta qizi: 1876-yilda tugʻilgan taniqli rassom Sofiya Laskaridou[11], Melpomene va 1882-yilda tugʻilgan Eirini Laskaridou. Eirini Kalliteyada Koʻrlar uyiga asos solgan va Gretsiyaga Braille usulini joriy qilgan[9][10][12].

Xizmatlari uchun Laskaridou Najotkor ordenining kumush xochi bilan taqdirlangan[9].

1916-yilda Afinada avtohalokatda vafot etgan[9][12].

  1. "Internationalization in Education". Society for the History of Children and Youth International Standing Conference for the History of Education 34. 27–30 June 2012. https://www.unige.ch/ische34-shcy-dha/index/Booklet_FINAL.pdf. 
  2. "SILENCED VOICES: FEMALE IDENTITY IN HENRY JAMES AND GREGORIOS XENOPOULOS". E Department of American Literature and Culture, School of English, Faculty of Philosophy ARISTOTLE UNIVERSITY OF THESSALONIKI. http://ikee.lib.auth.gr/record/80112/files/gri-2007-879.pdf. 
  3. Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
  4. "SILENCED VOICES: FEMALE IDENTITY IN HENRY JAMES AND GREGORIOS XENOPOULOS". E Department of American Literature and Culture, School of English, Faculty of Philosophy ARISTOTLE UNIVERSITY OF THESSALONIKI. http://ikee.lib.auth.gr/record/80112/files/gri-2007-879.pdf. 
  5. „Αικατερίνη Λασκαρίδου (1842-1916)“ (el). serrelib.gr.
  6. Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
  7. „Laskaridou, Aikaterini (1842–1916)“. www.encyclopedia.com. Encyclopedia.com.
  8. Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Αικατερίνη Λασκαρίδου (1842-1916)“ (el). serrelib.gr.
  10. 10,0 10,1 Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
  11. „From Artist to Myth: The reception of Sophia Laskaridou | CHRISTINA GRAMMATIKOPOULOU | Interartive | Contemporary Art + Thought“. interartive.org. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 „Laskaridou, Aikaterini (1842–1916)“. www.encyclopedia.com. Encyclopedia.com.