Kontent qismiga oʻtish

Yelena Obrazsova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yelena Vasilyevna Obrazsova (7-iyul 1939-yil, Sankt-Peterburg – 12-yanvar 2015-yil, Leipzig) – rus xonandasi (metsso-soprano). Xalq artisti (1976). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1964). Toʻlaqonli va kuchli ovoz, yuksak vokal hamda dramatik mahorat sohibasi. 1964-yildan Katta teatrning yetakchi yakkaxon xonandasi. Opera sahnasida Marfa („Xovanshchi-na“, M. Musorgskiy), Lyubasha („Shoh qayligʻi“, N. Rimskiy-Korsakov), Karmen („Karmen“, J. Bize), Eboli, Azu-chena („Don Karlos“, „Trubadur“, J. Verdi) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan kamervokal asarlari keng oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. P. Chaykovskiy nomidagi (Moskva, 1970), F. Vinyas nomidagi (Barselona, 1970) va boshqa xalqaro tanlovlar golibi. Glinka nomidagi Rossiya Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1973).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil