Yelena Vladimirovna
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vladimirovna Yelena Dzyubchuk | ||
Tavallud sanasi | 19-may 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Ukraina | ||
Boʻyi | 179 sm | ||
Vazni | 55 kg. | ||
Klub | Gratsiya(Simferopol) |
Yelena Vladimirovna Dzyubchuk (ukraincha: Олёна Володимирівна Дзюбчук, 1985-yil 19-may, Simferopol, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik badiiy gimnastikachi . 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2001 va 2002-yillarda ikki karra jahon chempioni.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelena Dzyubchuk 1985-yil 19-mayda Simferopol shahrida tugʻilgan.
Simferopoldagi „Dinamo“ oʻsmirlar sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha tahsil olgan..Uning murabbiylari Lyubov Serebryanskaya, keyinroq Oksana Rizatdinova [1] boʻlishgan. Keyinchalik u Kiyevdagi Deryugin badiiy gimnastika maktabida oʻzini takomillashtirdi [2] .
U Simferopol va Kiyevdan „Gratsiya“ nomidan ishtrok etgan[3] [4] .
2001-yilda Ukraina terma jamoasi tarkibida u Madridda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida koʻpkurash bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2002-yilda Ukraina terma jamoasi aʼzosi sifatida u Yangi Orleanda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida beshta lenta bilan guruh mashqlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2004-yilda u Afinadagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Ukraina terma jamoasiga qoʻshildi. Guruh koʻpkurashda Mariya Bilaya, Yuliya Chernova, Yelizaveta Karabash, Inga Kojokina va Oksana Paslas ham ishtirok etgan Ukraina terma jamoasi saralash bosqichida 9-oʻrinni egallab, finalga chiqa olmadi. Ukrainaliklar 42,150 ochko jamgʻarib, 8-oʻrindan finalga chiqqan ispaniyalik gimnastikachilarga 2,450 ball bilan imkoniyatni boy berishdi [5] .
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „О гимнастике в Крыму рассказывает Оксана РИЗАТДИНОВА“ (ru). СПОРТ.UA. 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Школы и тренеры“ (ru). gimnastika.pro. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Olympedia – Olena Dziubchuk“. www.olympedia.org. 2021-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Олимпийские Игры / Художественная гимнастика“. olympicgames.com.ua. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Olympedia – Group, Women“. www.olympedia.org. 2021-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.