Yer balansi
Yer balansi — yer turlarining yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi xoʻjaliklar, korxonalar, muassasalar, uyushmalar, qoʻshma va kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari boʻyicha tarkibi, salmogʻi, maydoni va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan hujjat.
E.b.da quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi: jami yer maydoni; Ye.b. tuzilgan yer egaligi yoki yerdan foydalanuvchiga oid boʻlmagan, lekin chegarasi qamrab olingan hududda joylashgan yerdan foydalanuvchi boshqa subʼyektlar yer maydoni, qishloq xoʻjaligi yerlari (haydaladigan yerlar, koʻp yillik daraxtzorlar, pichanzor va yaylov yerlar, partov yerlar); uning oʻzgarish sabablari va huquqiy asosi; yerni qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan maqsadlarga ajratish; yangi oʻzlashtirilgan yerlar maydoni va b. Ye.b. tahlil qilish natijasida yer resurslaridan samarali foydalanishning istiqbol rejasi tuziladi. 1999-yildan Oʻzbekiston Respublikasida Ye.b. yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobot shaklida har yilning 1 yanvar holati boʻyicha xoʻjaliklardagi yer tuzuvchi muhandis tomonidan tuziladi va tuman (shahar) yer resurslari xizmati boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Ye.b. viloyat va resublika miqyosida jamlangan holda milliy hisobot shaklida Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanadi (yana q. Yer kadastri, Yerdan foydalanish). Qosimjon Rahmonov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |