Yer nurlanishi
Yer nurlanishi — yer sirtining issiqlik nurlanishi; Yer sirtining temperaturasi uncha yuqori boʻlmaganligi uchun undan toʻlqin uz. 3—80 mkm gacha boʻlgan elektromagnit nurlanishlar chiqib turadi. Yer sirtidan chiqadigan toʻlqinlar atmosferada yutilib, uni qizdiradi. Atmosfera ham Yerga deyarli oʻshanday uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlari yuboradi va yer sirti yoʻqotgan issiqlik oʻrnini qisman qoplaydi. Ye. n. bilan atmosfera nurlanishi orasidagi farqni, yaʼni effektiv nurlanishni maxsus asboblar (pirgeometrlar) bilan oʻlchash mumkin. Havo ochiq boʻlgan kechalarda atmosfera nurlanishi kichik, yaʼni effektiv nurlanish (min.ga 1 sm2 sirtdan 0,1—0,2 kal) katta boʻlgani uchun yer sirti hamda havoning pastki qatlamlari tezda soviydi. Havo bulutli kechalarda effektiv nurlanish kichik boʻlgani uchun yer sirti uncha sovimaydi. Kunduz kunlari atmosfera nurlanishidan tashqari yer sirtiga quyosh radiatsiyasi tushadi va yer sirti ancha qiziydi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |