Kontent qismiga oʻtish

Yerevan-3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yerevan-3 — oʻrtapishar baqlajon navi. Armaniston Respublikasi sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi tajriba st-yasida mahalliy Yerevan navidan tanlab olish yoʻli bilan yaratilgan (1950). Oʻzbekistonda 1953-yildan ekiladi. Shakli choʻziq, silindrsimon, tik oʻsadi, boʻyi 50—100 sm, mevasining uzun 15—30 sm, kora, binafsharang , pishgan davrda toʻq sariq, sirti silliq. Bir dona mevasining ogʻirligi 195—240 g . Tarkibida 3,2—4,6% kand, 19% askorbat kislota, vitamin Vr V2 bor. Nihollar unib chiqqandan soʻng mevasi 123—139 kunda yetiladi. Oʻrtacha hosildorligi 400 s/ga boradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil