Kontent qismiga oʻtish

Yerevan tarixi muzeyi

Koordinatalari: 40°10′23″N 44°29′58″E / 40.17306°N 44.49944°E / 40.17306; 44.49944
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yerevan tarixi muzeyi
Երևանի պատմության թանգարան 1.jpg
Asos solingan sana 1931–yil
Joylashuvi Armaniston, Yerevan
Direktor Armineh Sargsyan

40°10′23″N 44°29′58″E / 40.17306°N 44.49944°E / 40.17306; 44.49944

Yerevan tarix muzeyi (armancha: Երևանի Պատմության Թանգարան) — Armaniston poytaxti Yerevan shahrining markaziy qismida, shahar hokimiyati bilan bir xil binoda joylashgan tarixiy muzey. Muzey oʻz faoliyatini 1931-yilda boshlagan. Hozirda shaxar tarixiga oid 94 mingdan ortiq eksponatlar namoyish etilmoqda.

1931-yilda Yerevan oʻt oʻchirish stansiyasining ikkinchi qavatidagi ikkita xonada ochilgan muzey. Avvaliga, Yerevan shahar kengashining kommunal boʻlimiga qarashli boʻlganligi sababli Kommunal muzey (armancha: Կոմունալ թանգարան) deb atalgan. 1936-yilda nomi Yerevan tarixi muzeyi deb oʻzgartirildi va Moviy masjidga koʻchirildi. Muzey masjid hududida 56 yil faoliyat yuritdi. 1994-yilda sobiq Sankt-Xripsime qizlar gimnaziyasiga, 1997-yilda inqilobchi va siyosatchi Stepan Shaumyan nomidagi Yerevan 1-oʻrta maktabiga koʻchirilgan. 2005-yilda muzey oʻzining hozirgi joyiga, Yerevan shahar kengashining yangi binosi chap qanotiga joylashtirildi[1].

Muzeyda qadim zamonlardan to hozirgi kunga qadar shahar va uning aholisi hayotini aks ettiruvchi 94 mingdan ortiq tarixiy buyumlar: arxeologik, etnografik, numizmatik, mehnat anjomlari, rasmlar, haykallar, arxitektura namunalari, xatlar, kitoblar, qurollar, fotosuratlar, texnik va maishiy buyumlar saqlanmoqda.

Ilmiy kengash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeyda ilmiy kengash tashkil etilgan boʻlib, uning aʼzolari oʻz davrining eng buyuk mutafakkirlari va sanʼatshunoslari hisoblanadi. Masalan: meʼmorlar Aleksandr Tamanyan, Toros Toromanyan, Nikolay Buniatyan, Mikael Mazmanyan, rassomlar Martiros Saryan, Gagik Gyurjyan, Taragros, olim Arakskulp, Stepan Lisitsyan, Yervand Shahaziz, Sergey Barxudaryan, Babken Arakelyan va boshqalar[2].

  1. Հովհաննիսյան, Իրինա. „Նոր շենքում վերաբացվեց Երեւանի պատմության թանգարանը“ (hy). Ազատություն Ռադիոկայան (2007-yil 3-aprel). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
  2. „Музей истории г. Еревана“. Мэрия Еревана. 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.