Kontent qismiga oʻtish

Yerlarning zaxini qochirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yerlarning zaxini qochirish — yerosti suvlari miqdorini pasaytirish va tuproqning yuqori qatlamlari namligini kamaytirish boʻyicha meliorativ tadbirlar.

U odatda yogʻingarchilik miqdori bugʻlanishdan koʻp boʻlgan va natijada botqoqli joylar hosil boʻladigan namlik miqdori yuqori hududlarda qoʻllanadi. Yer zaxini qochirishda tuproq namligi kamayadi, uning harorati pasayadi va mikroorganizmlar faolligi sustlashadi. Ortiqcha namlikni yoʻq qilish drenaj muhandislik uskunalari yordamida suvni tortib olish, maxsus drenaj tizimlarini yotqizish yoki tuproqdan namlikni samarali bugʻlaydigan daraxt turlarini ekish orqali amalga oshiriladi.

XIX-XX asrlarda Rossiya tomonidan Kavkaz hududlarining Qora dengiz sohillarini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshirgan keng koʻlamli drenajlash ishlarini bunga misol keltirish mumkin. Buning natijasida ilgari botqoqliklardan iborat boʻlib, bezgak manbai hisoblangan va deyarli kimsasiz qirgʻoqboʻyi hududlari dam olish maskanlariga aylangan edi.