Yerning sutkalik aylanishi
Qiyofa
Yerning sutkalik aylanishi -dunyoning Shim. qutbidan Karaganda, Yerning oʻz oʻqi atrofida gʻarbdan sharqqa tomon yoki soat strelkasiga teskari aylanishi. Ye. s. a. natijasida kun bilan tun almashinadi; sutkaning uzunligi ham shunga bogʻliq. Yer bir maromda aylanmaydi; uni Oy va Quyosh tortishi tufayli sutkaning uzunligi har yuz yilda 1—2 s ga toʻxtovsiz ortib boradi, mavsumiy oʻzgarishlar (yogʻinlar va b.), tektonik jarayonlar va b. natijasida esa sutka uzunligi yil davomida 1—2 s atrofida oʻzgarib turadi. Ye. s. a.da Yer oʻqining holati, binobarin, Yerning geografiya qutblari pretsessiya va nutatsiya natijasida oʻzgarib turadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |