Yerning suv balansi
Yerning suv balansi - muayyan vaqt ichida Yer yuzasiga yogʻin koʻrinishida tushadigan suv miqdori bilan quruqlik va Dunyo okean i yuzasidan bugʻlanadigan suv miqdorining nisbati. Yaʼni Yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari koʻrinishida aks ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bugʻli va qattiq (muz) holatidagi barcha shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4–109 km3 umumiy suv massasining (V. I. Vernadskiy boʻyicha) tabiatdagi suv aylanishida yil davomida 518600 km3 suv qatnashadi va yerga tushadigan suv (atmosfera yogʻinlari) bilan undan sarf boʻladigan (bugʻlanish, oqim) suv miqdori deyarli teng boʻladi. Bu tenglik (balans) Yer va uning ayrim qismlari Dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimi bor hudud uchun suv balansi tenglamalari koʻrinishida boʻladi. Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (Xo), quruklikning chekka oqimli hudu-diga (Xz), quruqlikning ichki oqimli (berk) hududiga (Xi) va ularning yigʻindisi sifatida butun Yer sirtiga (XER) yogʻadigan yillik yogʻin miqdorlarini hisobga olish zarur.
Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan (Zo), quruqlikning ichki (berk) oqimli xududidan (Zv) va ularning yigʻindisi — Yer kurrasi yuzasidan (ZEP) boʻladigan yillik bugʻlanish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv balansi tenglamalarida quruqlikdan Dunyo oke-aniga yoki u bilan tutash boʻlgan dengizlarga daryolar oqizib keltiradigan yillik oqim miqdori (Yr) ham hisobga olinadi. Kirim va chiqim qismlarining qabul qilingan belgilariga asosan suv balansi tenglamalari dastlab Yer sirtining ayrim qismlari uchun tuziladi:a) Dunyo okeani uchun quyidagicha ifodalanadi:ZO=XO+YZ;b) chekka oqimli hudud uchun:v) ichki oqimli hudud uchun esa: Zu=Xu koʻrinishida yoziladi. Yuqoridagi tenglamalarning yigʻindisi butun Yer uchun suv muvozanatini ifodalaydi:Z0+Zz+Zu=X0+Xz+XuOxirgi ifoda Yer sirtiga tushadigan yogʻin miqdori (XER) undan boʻladigan bugʻlanish (ZEP)ra tengligini koʻrsatadi. Olimlarning hisobiga koʻra, Yer yuzasiga har yili oʻrtacha 577 ming km3 yoki 1130 mm yogʻin tushea, xuddi shuncha miqdordagi suv bugʻlanadi.
Dare, koʻl va yer osti suvlaridan sugʻorish, aholi va sanoatni suv bilan taʼminlashda foydalanilishi Ye.s.b. ele-mentlari nisbatini oʻzgartiradi. Agrotexnik va agrooʻrmonmeliorativ tad-birlar tuproqning infiltratsion xususiyatlarini oshiradi. Bu esa oʻz navbatida dalalardan kelgan suvlarning yuza oqimini kamaytiradi, tuproq nami, uning bugʻlanishi va transpiratsiyasini oshiradi hamda grunt suvlari hajmini bir oz koʻpayishiga sabab boʻladi.
Shaharlar rivojlanishi, sanoat korxonalari va yoʻllar qurilishi tuproqning infiltratsiya xususiyatlarini kamaytiradi, yuza oqimini koʻpaytirib yer osti suvlarning oziqlanishni zaiflashtiradi. Grunt suvlarining miqdori meliorativ tadbirlar, shaxta va karyerlardan yer osti suvlarini soʻrib olish natijasida ancha oʻzgaradi.
E.s.b.ni tashkil qiluvchi hisoblar suv rejimini oʻrganish uchun gidrologiya va meteorologiyada keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |