Yesu munke
Qiyofa
Yesu munke (7-1251) - Chigʻatoy ulusi xoni (1246—51). Chigʻatoyning oʻgʻli, Chingizxonning nabirasi. Ulugʻ qoon Guyukxon (1246—48) farmoniga koʻra Qora Hulaguning oʻrniga ulus taxtiga uning yaqin doʻsti Ye. M. oʻtirgan. Rashiduddinning yozishicha, Ye. M. ichkilikka shu qadar mayl qoʻyganki, nafaqat davlat ishlari bilan, balki oʻzining oʻrdasi ishlari bilan ham shugʻullana olmay qolgan. Barcha ishlarni xotini Tukashi boshqargan. Ye. M. Moʻgʻullar davlatita Munkening ulug qoon boʻlishiga qarshi chiqqan. Ye. M. 1251 y.gi qurultoyga kelganida Munke tarafdorlari tomonidan qoʻlga olinib, Botuxon oʻrdasiga yuborilgan. Botu Ye. M.ni yurtiga qaytarib yuborgan, Qora Hulaguning bevasi Orqina xotun esa uni qatl etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |