Kontent qismiga oʻtish

Yettinchi oʻq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yettinchi oʻq (Седьмая пуля)
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariynavis(lar) Andrey Konchalovskiy, Fridrix Gorenshteyn
Rollarda Suymenkul Chokmorov, Dilorom Qambarova
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1972
Davomiyligi 80 min.
Til ruscha

"Yettinchi oʻq" — istern[1] janridagi sovet badiiy filmi, rejissor Ali Hamroyev tomonidan 1972-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida suratga olingan.

Film Tojikiston SSR Isfara shahrida Oʻrta Osiyoda Sovet hokimiyati uchun kurashish va tarixiy-inqilobiy mavzuda suratga olingan.

Filmning qisqacha mazmuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil armiya qoʻmondoni yoniga oq kiyimdagi chavandoz yetib keladi. Qoʻrqib ketgan soqolli odam „to tirik ekanmiz, taslim boʻlmaymiz“ deb granatani uloqtiradi. Qoʻmondon soqolli kishi Hoshimov ekanligini taniydi va vaziyat haqida xabar berishni soʻraydi. Qoʻmondon tuman markazida boʻlganida, komissar Pyotr Ivanovich jangchi Umarga namoz oʻqishni taqiqlaganligi sababli otryadda isyon koʻtariladi. Shunda qoʻzgʻolonchilar Xayrulla toʻdasiga qoʻshilishadi (endi u yerda 200 ta qilich bor). Hoshimov oʻlimga tik boqqan mahbusni olib keladi, ammo komandir unga oʻqlangan toʻpponcha berib, mahbusni qoʻyib yuboradi. Shunda qoʻmondonning oldiga roʻmol oʻragan bir ayol keladi, u Xayrullani oʻldirishini, kallasini tanasidan judo qilib Toshkentga eltishini va unga turmushga chiqishini aytadi. Qoʻmondon unga ishonmaydi, lekin u bosmachilar boshligʻi Xayrullaning oldiga olib borishiga ishonadi.

Qoʻmondon „rus polki“dan koʻra oʻzining „Musulmon qizil otryadi“ni qaytarib olmoqchi edi. U revolveriga oltita patronni joylaydi, yettinchisini esa qalpoq ostiga yashiradi va bu oʻqni „Xayrullaga“ asraydi. Qizil Armiya askari Hoshimov polisiya boshligʻi etib tayinlanadi.

Shundan keyin qoʻmondon sallali otliqlar otryadini uchratib, oʻzini Maqsumov deb tanishtiradi. Gʻulom degan bosmachilardan biri uni „Buxorolik polisiya xodimi“ligini aytib qoʻyadi. Shunda ular Maqsumovni taniydilar, lekin u Xayrullani halol jangda magʻlub eta olishiga shubha qilib,  chavandozlar Maqsumovni bogʻlab, eski dushmanining boshi uchun pul vaʼda qilgan Xayrullaning oldiga olib boradilar.

Yoʻlda ular choʻpon Ismoilni uchratib qolishadi. U Maqsumovning otini taniydi va u akamning qotili shu deb „viloyatdagi eng yaxshi chavandoz“ni oʻldirgan deb gumon qiladi. Choʻpon Ismoil Maqsumovni oʻldirmoqchi boʻladi, biroq Xayrullaning toʻdasi bunga yoʻl qoʻyishmaydi.

Qishloqdan oʻtayotganda Ismoilning qishloqdoshlari  Xayrullaning toʻdasini pistirmaga tushib, uni tor-mor qilishadi. Maqsumov yana qoʻlga olinadi, biroq Ismoilning onasi uni oʻgʻlining qotili sifatida tan olmaydi. Ismoil va Maqsumov yana doʻst boʻlishadi. Hoshimov qoʻmondonning oldiga kelib, Uchqoʻrgʻonni Xayrulla egallab olganini aytadi. Maqsumov Xayrullaning makoniga keladi va Oygulni unga beradi. Mukofot sifatida qoʻmondon oʻzining sobiq „Qizil armiya“ otryadini soʻraydi va ularni qoʻrqoqliklari va itoatsizligi uchun qattiq tanbeh beradi. Maqsumov sovet hukumatini oqlab, komissarni kim oʻldirganini aniqlaydi uni oʻldiradi.

Ismoilning sheriklari Xayrulla otryadiga hujum qilib, dastlabki daqiqalardanoq pulemyotni tortib oladilar. Oʻz toʻdasining ortga chekinayotnini koʻrgan Xayrulla chet elga qochishga harakat qiladi. Hujumchilardan biriga u ingliz ekanligini aytadi. Xayrulla qochayotganida Maqsumov chegara daryosida soʻnggi yettinchi oʻqdan foydalanadi. Yakuniy sahnada Maqsumov qizil bayroqni koʻtargan holatda qoʻshini yoniga otlanadi.

  • Suymenqul Choʻkmorov — Maqsumov, milisiya otryadi komandiri
  • Dilorom Qambarova — Oygul
  • Xamza Umarov — Xayrulla, bosmachilar boshligʻi
  • Nurmuxon Janturin — Qoʻrboshi
  • Talgat Nigʻmatullin — Ismoil, choʻpon
  • Bolot Beyshenaliyev — qochoq
  • Melis Abzalov — Bosmachi, Xayrullaning chopari
  • Baxtiyor Ixtiyarov — Saʼdulla, Maqsumov otryadidagi qochoq jangchi
  • Anvar Alimova — Ismoilning onasi
  • Inogʻom Odilov — Ismoilning yordamchisi
  • Rajab Adashev — Maqsumov otryadidagi qochoq jangchi
  • Azat Sharipov — epizod
  • Javlon Hamroyev — Shuhrat, Maqsumov otryadidagi qochoq jangchi
  • Hikmat Gʻulomov — epizod
  • Umid Abdullayev — epizod Shuningdek, Tojikistonning Isfara tumani Navgilam qishlogʻi aholisi