Yettishahar uygʻur davlati
Yettishahar turkiy davlati - Xitoydagi Manjur imperiyasiga qarshi milliy bosqinchilik kurashi davrida Sharqiy Turkistonda vujudga kelgan davlat (1864—78). Uning hududi hozirgi Shinjong Uygʻur Muxtor Oʻlkasining Qulja (Ili sultonligi), Oltoy, Chuguchak viloyatlaridan tashqari 7 shaharni (Qashqar, Yorkent, Xoʻtan, Kuchar, Oqsu, Qorashahar, Turfan) oʻz ichiga olganligidan mazkur mamlakat Ye.u.d. deb nomlangan.
1864-yil mustaqillik uchun Manjur imperiyasiga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boshlanib ketgan. Qashqarda Siddiqbek boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar Qoʻqon xonligilan Yorkent xonligining taxt vorislaridan birini yuborishni soʻraydi. Alimqul sobiq Yorkent xoni Burqoniddin xojaning nabirasi Jahongir xojaning oʻgʻli Buzruk xojani va unga Yoqubbek qushbegini harbiy maslahatchi qilib tayinlab, 50 ga yaqin odamni Qashqarga joʻnatadi. Buzruk xoja 1865-yil yanvarda Qashqarga yetib kelishi bilan oʻzini xon deb eʼlon qiladi. Ammo Buzruk xojaning qobiliyatsizligidan foydalanib, asta-sekin hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U boshda Buzruk xoja nomidan ish yuritib, Yorkent, Xoʻtan, Kuchar xonliklarini birlashtiradi. 1870-yil Urumchi xonligi qoʻshilib, Ye. u. d. yana ham kengayadi. Mustaqillikka erishgandan soʻng mazkur davlatda xalqlarning iqtisodiy ahvoli yuksalib, savdo-tijorat rivojlandi. Eski tarixiy obidalar taʼmirlanib, yangi binolar, karvonsaroylar, harbiy inshootlar quriladi. 1877-yil Urumchi viloyatini egallagan manjurlar katta qoʻshin bilan urush boshlaydi. Yoqubbek ruslarning orqa tomondan qujum qilib qolishidan tashvishlanib bir qism kuchni Qashqar atrofida qoldirib, Qorashaharga kelib, qoʻshinga qoʻmondonlik qiladi. Ammo u koʻp oʻtmasdan xoinlar tomonidan zahar berib oʻldiriladi. Yoqubbekning katta oʻgʻli Bekqulibek xoin Niyozbek qoʻshinlarini tor-mor qilib, Hokimxon toʻra qoʻshinlariga zarba bergan boʻlsada, manjurlarni butunlay yengolmaydi. 1878-yil Ye. u. d. tugatiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xodjayev A., Sinskaya imperiya, Djungariya i Vostochniy Turkestan, M., 1979; Isiyev D. A., Uygurskoye gosudarstvo Yettishar, M., 1981.
Abduxoliq Aytboyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |