Kontent qismiga oʻtish

Yevdokiya Butovskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yevdokiya Mixaylovna Butovskaya (1917. 28. 12, Poltava — 1982. 7. 1, Toshkent) — seysmolog olima. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). fizika, matematika, fanlari direktori (1971). Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1940). Oʻzbekiston fanlar akademiyasi matematika instituti seysmologiya boʻlimi tashkilotchisi va rahbari. Geologiya va geofizika instituti seysmologiya laboratoriya mudiri (1963-yildan). Asosiy ilmiy ishlari zilzila muammolariga, zilzila oʻchogʻini va seysmik rejimini aniqlashga, joylarni seysmik rayonlashtirishga, Yer poʻstining chuqur qismlarini oʻrganishga doir. Oʻzbekistondagi 10ga yaqin suv omborlarining mukammal seysmik rayonlashtirishga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil