Yevgeniy Melnikov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Yevgeniy Melnikov | |
Haqiqiy ismi | Yevgeniy Pavlovich Melnikov |
Tavalludi | 1982-yil 7-oktyabr |
Vafoti | 2010-yil 26-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent |
Mukofotlari |
Yevgeniy Pavlovich Melnikov (7—oktyabr 1928—yil Buzuluk 26—oktyabr 2010—yil, Toshkent) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi (2005). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1960).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Pavlovich Melnikov 1928—yil 7—oktyabrda Buzuluk shahrida tugʻilgan. Uning otasi Pavel Ivanovich Melnikov ruhoniy, savdogar Ivan Ivanovich Melnikovning oʻgʻli boʻlgan. Pavel Melnikov 1932—yilda cherkov yopilgandan keyin hibsga olingan va tez orada otib tashlangan[1][2].
Oʻsha yili onasi toʻrt yoshli oʻgʻli bilan Samarqandga koʻchib oʻtadi va 1935—yilda vafot etadi. Yevgeniy Melnikov mehribonlik uyiga topshiriladi, 1936—yilda Toshkentda onasining ukasi M. M. Yasenev oilasida, 1937—yildan Buzulukda otasining ukasi A. I. Melnikov oilasida yashagan.
1942—yildan Buzuluk kasb-hunar bilim yurtida oʻqigan, soʻng 1944—1948-yillarda Chelyabinskga evakuatsiya qilingan Kirov zavodida transport ustaxonasida mexanik boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, u zavodning Madaniyat uyida rasm chizish toʻgaragiga qatnashdi.
1948—yilda P. P. Benkov asos solgan Samarqand rassomchilik bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1953—yilda texnikumni imtiyozli diplom bilan tugatgan, „Satira Rahimov“ kinoteatrida ishlagan.
1954—1960-yillarda Toshkent teatr va rassomlik instituti rassomlik fakultetida tahsil olgan. Unga A. N. Ostrovskiy R. A. Ahmedov, O. K. Tatevosyan , Y. I. Elizarov , B. I. Urmanche uztozlik qilgan. Shu bilan birga, 1955—yildan SSSR Badiiy fondi Oʻzbekiston boʻlimining badiiy ustaxonalarida ishlagan. 1965—yilda SSSR Rassomlar uyushmasiga qabul qilingan.
1964—1972-yillarda P. P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtida dars bergan. 1972—1976-yillarda Respublika musiqa va sanʼat maktab-internatida, Toshkent teatr va rassomchilik instituti rangtasvir fakultetida talabalarga saboq bergan. Uning shogirdlari orasida F. Karimov, Usmonov, N. Chuvaxinlar bor.
1961—yildan respublika, umumittifoq va xalqaro koʻrgazmalarda qatnashgan.
Yevgeniy Melnikov ijodiy merosining asosiy qismini natyurmortlar, portretlar, hayvonlar va landshaft rasmlari tashkil qiladi.
Shaxsiy koʻrgazmalari
- 1989—yil Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Badiiy koʻrgazmalar boshqarmasining koʻrgazmalar zalida (Toshkent)
- 1990—yil Campanile galereyasi (Chikago, AQSh)
- 2004—yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Zamonaviy sanʼat markazida
- 2013—yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zalida („Rassom va tabiat“ XXVIII Respublika badiiy koʻrgazmasi doirasida)
Melnikov asarlari namoyish etilgan muzeylar:
- Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi,
- Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi (Nukus),
- Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi,
- Urganch sanʼat galereyasi,
- Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi
- Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi
Yevgeniy Pavlovich Melnikovning asarlari Rossiya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Shvetsiya, Malayziya, Qozogʻiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveysariya, Isroil, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Livandagi shaxsiy kolleksiya va galereyalarda saqlanadi.
Sheʼriyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi sheʼriy asarlarini 1960-yillarning oxirlarida yozgan. 2004-yilda sanʼatshunos Kodzaevaning harakatlari tufayli „Yuzlar va obrazlar“ sheʼriy toʻplami 500 nusxada chop etildi.
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini Maxtuma Salimjonova, sharqshunos, qizi Irina rassom Moskvada yashaydi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 26-oktyabrda Toshkentda vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doʻstlik ordeni (1998-yil)[3]
- Oʻzbekiston xalq rassomi (2005-yil)[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Выставочный зал «Пересветов переулок».
- ↑ V avtobiografii 1964 goda (Wayback Machine saytida 2016-03-31 sanasida arxivlangan) Ye. P. Melnikov ukazal professiyu otsa „pedagog“ i ego smert v 1929/30 godu bez upominaniya rasstrela.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 24 avgust 2005 года № УП-3652 «О награждении в связи с четырнадцатилетнем независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |