Yevgeniy Navrotskiy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Yevgeniy Lvovich Navrotskiy (1886, Kiyev — 1921.1.2, Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekistonda oʻrta tolali gʻoʻzaning dastlabki seleksiya navlarini yaratgan. Andijon tajriba dalasi seleksioneri (1912—20). Russel va Triumf amerika gʻoʻza navlaridan koʻp marta tanlash usuli bilan Navrotskiy [(0100), 1913] va Navrotskiy zafari (Triumf Navrotskogo, 0251), 1915] navlarini chiqardi. Navrotskiy yaratgan gʻoʻza navlari paxtachilikning rivojlanishida katta rol oʻynadi va 20-asrning 20-yillaridan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda ekilgan asosiy navlar boʻldi.
N.ning asosiy ilmiy ishlari gʻoʻza navlarini yaratish va sinash masalalariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |