Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Proskoryakov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yevgeniy Ivanovich Proskoryakov (1895, Saratov — 1965, Samarqand) — biolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1957), biologiya fanlari doktori (1953), professor (1954), Saratov qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1920). Saratov viloyatidagi qishloq xoʻjaligi stansiyasida laborant (1921—25), Voronej qishloq xoʻjaligi institugi botanika kafedrasida assistent (1925—30), dotsent (1930), Belorussiya Fanlar akademiyasi Markaziy botanika bogʻida gsrbariy boʻlimi mudiri (1934—37), Oʻzbekiston davlat universiteti botanika kafedrasi professor, mudiri (1937—39; 1942-yildan). Ulyanovsk pedagogika instituti professor va direktor oʻrin-bosari (1939—42). Ilmiy faoliyati bug-doydoshlar va hiloldoshlar oilalari, Zarafshon vohasi florasi resurslarini oʻrganish va undan oqilona foydalanishga bagʻishlangan.

  • Bir yillik efemerlarning kelib chiqishi, Samarqand, 1950.