Yevkleya
Yevkleya (qadimgi yunoncha: Εὔκλεια, lotincha: Eucleia[1]) — qadimgi yunon mifologiyasida shon-shuhrat va yaxshi obroʻ timsoli[2][1]. U va uning opa-singillari Yefimiya, Filofrosina va Yevteniya kichik xaritlardir[3][1]. Plutarxning soʻzlariga koʻra, Yevkleya donolik maʼbudasi Afina[4] uchun epitet sifatida ishlatilgan.
Orfik fragmentga koʻra, Yevkleya olov xudosi Gefestning qizi va Aglaya[5][6][1] xaritlaridan biri hisoblanadi. Plutarx, shuningdek, Yevkleya baʼzan alohida maʼbuda va Gerkules hamda Mirtoning qizi hisoblanganligini va u bokiraligicha vafot etganida, u maʼbuda sifatida hurmat qilina boshlaganini aytdi[4][1].
Yunon vazalarida, ayniqsa V-asr Afinadan vazalarida Yevkleya koʻpincha goʻzallik maʼbudasi Afroditaning kanizlari orasida tasvirlangan, u yerda u pok maʼbuda sifatida yaxshi obroʻga ega yoki stereotipik tarzda ayollik vazifalarini bajaradi[7][2][1]. Baʼzan uni ov maʼbudasi Artemida bilan solishtirishdi[1]. Shuningdek, qadimgi yunon shoiri Vakxilid uni „marjonsevar“ deb atagan[8].
Kult
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevkleyaga Lokrid va Beotiyada[9] sigʻinishgan. Plutarxning taʼkidlashicha, ushbu viloyatlarning barcha shaharlarida uning suratlari boʻlib, u yerda kelinlar va kuyovlar qurbonlik qilishgan[10]. Qadimgi yunon haykaltaroshi Skopas unga Fivada haykal yasagan[10]. Afinada Artemida-Yevkleya ibodatxonasi yunon yozuvchisi Plutarx va geograf Pavsaniy tomonidan tilga olingan Marafon jangida qatnashganlar sharafiga bagʻishlangan edi[11][4]. Ehtimol, Yevkleyaga Evnomiya bilan birga sigʻinishgan, chunki ularga bir xil ruhoniy xizmat qilgan[12].
Paros va Epirda strateglar Afrodita, Zevs, Germes va Artemida[13] bilan birga Yevkleyaga bagʻishlovlar taklif qilishdi.
Yevkleyaga bagʻishlangan ibodatxona Qadimgi Makedoniyaning qadimgi poytaxti Egi shahrida joylashgan[1]. Ibodatxona IV-asrga oid Dor ibodatxonasi, ellinistik davrga oid kichik ibodatxona va ikkita stoadan iborat edi[10]. Eng kamida ikkita haykal asosi Aleksandr Makedonskiyning buvisi Evridika I ga nazr sovgʻasi sifatida berilgan. Taxminlarga koʻra, bu qurbonliklar Filipp II ning miloddan avvalgi 338 yilda Xeroniyadagi gʻalabasi xotirasiga qilingan[10]. Muqaddas joyda Yevkleya[10] haykali boʻlgan boʻlishi mumkin. Ibodatxona yaqinida oltin eman barglaridan gulchambarlar bilan qoplangan taniqli odamlarning kamida uchta qabri topilgan[14].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vakxilid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vakxilidning 13-fragmentida shunday deyilgan:
„Agar ularning tanalari halok boʻlgan boʻlsa … ulugʻvorligi hali ham tirik; chunki Areta butun odamlar orasida porlab turadi, xiralashmaydi, tunning shamolsiz pardasi ortiga yashirinmaydi: abadiy shon-shuhrat bilan doimo gullab-yashnab, quruqlik va dengizni supurib yuradi, bu esa koʻpchilikni ortidan ergashtiradi. Mana, endi u Eginani, ulugʻvor Ayakos orolini hurmat qiladi va Yevkleyaning sevimli marjoni bilan shaharni boshqaradi …“[1][8].
Plutarx
[tahrir | manbasini tahrirlash]Plutarxning „Life of Aristides“ kitobida shunday deyilgan:
„Unga (tarixiy urush qahramoniga) qoyil qolgan plataliklar uni Artemida-Yevkleya ibodatxonasiga dafn etishdi va qabriga quyidagi toʻrt metrli sheʼrni yozdilar:…“[1][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 „EUCLEIA (Eukleia) - Greek Goddess or Spirit of Good Repute & Glory“. www.theoi.com. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 Smith, Amy C. (2005). „The politics of weddings at Athens: an iconographic assessment“. Leeds international classical Studies. 4.1-jild. 1–32-bet.
- ↑ Atsma, Aaron J. „EUKLEIA“. Theoi Project (2017).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Плутарх, Aristides, %3Achapter%3D20%3Asection%3D6 20.5-6
- ↑ Theoi Project — Eukleia
- ↑ Hieros logos. Teogonía de las Rapsodias, fragmento 272. Editorial Akal, Madrid, 2003.
- ↑ Mylonopoulos, Joannis (2013). „Amy C. Smith, Polis and Personnification in Classical Athenian Art“. Chronique des activités scientifiques Revue des livres. 26-jild. 391–396-bet.
- ↑ 8,0 8,1 Вакхилид, Fragment 13
- ↑ Borza, p. 192
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Palagia, Olga (2016). „Visualising the gods in Macedonia: from Philip II to Perseus“. Pharos. 22-jild. 73–98-bet.
- ↑ Pausanias, Description of Greece, %3Abook%3D1%3Achapter%3D14%3Asection%3D5 1.14.5
- ↑ Stafford, E. J. (1994). Greek cults of deified abstractions (Doctoral dissertation, University of London).
- ↑ Budin, Stephanie Lynn „Aphrodite Enoplion“, . Brill's Companion to Aphrodite. Leiden, Netherlands: Brill, 2010 — 85-bet. ISBN 978-90-04-18003-1.
- ↑ Kyriakou, Athanasia (2014). „Exceptional burials at the sanctuary of Eukleia at Aegae (Vergina): the gold oak wreath“. Annual of the British School at Athens. 109-jild. 251–285-bet.