Yevropa boʻylab yashirin yer osti yoʻllari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologlar kashf etishgan qadimgi tunnellarning keng koʻlamli tizimi deyarli butun Yevropani qamrab oladi va Shotlandiyadan Oʻrta Yer dengizigacha choʻzilgan. Olimlar ushbu tunnellarni kim va nima uchun qurganligini hali aniqlashgani yoʻq.

Planet Todayʼning yozishicha, qadimgi tunnellarni topgan xalqaro tadqiqot loyihasi arxeologlari dastlab bu yashirin yoʻllar himoya maqsadida ishlatilgan, degan fikrga kelishgan. Ammo tunnellarni oʻrganish paytida olimlar ularning ichida yana boshqa alohida „yoʻllar“ borligini koʻrishdi. Shundan soʻng ushbu yer osti yoʻllari tarmogʻi himoyadan ham koʻproq ahamiyat kasb etadigan maqsad uchun qurilganligini taxmin qilishmoqda [1] .

"Bu butun Yevropani qamrab olgan nihoyatda keng tunnellar tizimi. Baʼzi asosiy tunnellarga katta aravali otlarni ham osongina kiritish mumkin. Demak, bundan koʻrinib turibdiki, bu yer osti infratuzilmasi juda katta strategik ahamiyatga ega. Ushbu tarmoqni kim va qachon qurganini aniq bilmaymiz — aksariyat yoʻllar Oʻrta asrlarda paydo boʻlgan, ammo Rim imperiyasi shakllanishidan oldin qurilgan tunnellar bor", — deydi tadqiqotchilar.

Olimlarning taʼkidlashicha, topilgan tunnellar tarix zar varaqlariga qayd etilmagan. Bu esa juda gʻalati. Chunki ularning koʻlami juda katta. Qadimgi yer osti yoʻllarini oʻrganish davom etmoqda — ehtimol yaqin kelajakda olimlar baʼzi savollarga javob berishlari mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „yashirin yo'llar“ (13 fevral 2020). 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.