Kontent qismiga oʻtish

Yevrosiyo boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevrosiyo boʻrisi
Yevrosiyo boʻrisi, Shvetsiya
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Urugʻ: Canis
Tur: lupus
Osttur: lupus
C. l. lupus ning yashash geografiyasi
C. l. lupus ning yashash geografiyasi
Sinonimlari


Yevrosiyo boʻrisi (Canis lupus lupus), shuningdek, oddiy boʻri deb ham ataladi[3]. U Yevropa va Osiyoga xos boʻlgan kulrang boʻrining kenja turi hisoblanadi. Oʻrta asrlardan avval Yevrosiyo boʻylab keng tarqalgan. Arxeologik maʼlumotlardan tashqari, hind-yevropa tillarida odatda boʻri uchun bir necha soʻz bilan ataladi. Bu boʻrining koʻpligi va madaniy ahamiyatini haqidagi farazlarni tasdiqlaydi[4]. U Boltiq, Kelt, Slavyan, Turk, qadimgi Yunon, Rim, Dakiya va Frakiya madaniyatlarida yuqori oʻrin tutgan[5].

Bu qadimiy dunyodagi eng katta kulrang boʻri boʻlgan. Uning ogʻirligi Yevropada oʻrtacha 39 kgni tashkil etadi[6]. Ammo, ularning baʼzilari juda katta 69–79 kg vaznga ega. Ammo uning vazni hududga qarab farqlanadi[7][8]. Uning moʻynasi nisbatan qisqa va dagʻal boʻlib[3], odatda sargʻish rangda boʻladi. Tomogʻidagi junlari oq rang boʻlib, yonoqlarigacha yetib bormaydi[8]. Boʻrilar orasida melanistlar, albinoslar va eritristlar kam uchraydi va ular asosan boʻri-it gibridizatsiyasining natijasidir[9]. Erik Zimenga koʻra, Yevrosiyo boʻrisining uvlashi Shimoliy Amerika kulrang boʻrilarining uvlashiga qaraganda ancha uzoq va melodik boʻladi. Ularning uvlashlari balandroq va birinchi boʻgʻinga kuchliroq urgʻu beradi[10].

Koʻpchilik Yevrosiyo boʻrilari insonlar zich yashaydigan hududlarda asosan chorva mollari va axlat bilan oziqlanishga majbur boʻladi. Ammo bulon, qizil bugʻu, boʻrsiq va yovvoyi choʻchqa kabi yovvoyi tuyoqlilar Rossiyada va Sharqiy Yevropaning togʻli hududlarida yevrosiyo boʻrilari uchun eng muhim oziq-ovqat manbalari boʻlib qolmoqda. Boshqa oʻlja turlariga shimol bugʻusi, argali, muflon, bizon, saiga, ibex, chamois, yovvoyi echki, qoʻngʻir bugʻu va mushk boʻrisi kiradi[11].

Jismoniy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Richardson Shimoliy Amerika boʻrilarini Yevropa boʻrilariga taqqoslab tasvirlagan. John Richardson ikki tur oʻrtasidagi farqlarni quyidagicha umumlashtirgan:

Yevropa boʻrisining boshi torroq va asta-sekin burun tomonga qarab torayadi, burni peshona bilan bir tekisda joylashgan. Uning quloqlari balandroq va bir-biriga yaqinroq joylashgan. Uning bel qismi ingichkaroq, oyoqlari uzunroq, panjalari torroq va dumi kamroq moʻynaga ega. Shimoliy Amerika boʻrisi qisqaroq quloqlar, keng peshona va qalin tumshuqqa ega. Yonoqlaridagi moʻynaning zichligi uni Eskimo itiga oʻxshatib yuboradi[12].

Yevrosiyo boʻrilarining kattaligi geografik jihatdan farqlanadi. Rossiya va Skandinaviyada yashovchi boʻrilar Gʻarbiy Yevropadagi boʻrilarga qaraganda kattaroq boʻladi[13]. Theodore Roosevelt ularni shimoli-gʻarbiy Montana va Vashingtondagi katta boʻrilari bilan solishtirgan[14]. Rossiyada yashaydigan katta boʻrilarning uzunligi 105-160 sm, yelka balandligi 80-85 sm boʻlib, oʻrtacha vazni 32-50 kg ni tashkil etadi. Ularning maksimal vazni 69-80 kg boʻlishi mumkin[7].

Ushbu turga mansub eng katta boʻri Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Ukraina SSRning Poltavskij viloyati Kobelyakskij hududida oʻldirilgan. U 86 kg ogʻirlikda boʻlgan[15]. Ukrainada ogʻirligi 92-96 kg boʻlgan boʻrilar ham qayd etilgan, lekin bu boʻrilar qanday sharoitda oʻlchanganligi aniq emas[7].

Yevrosiyo boʻrilari Markaziy Rossiya boʻrilari bilan oʻxshash oʻlchamlarga ega boʻlsa-da, Shvetsiya va Norvegiyadagi boʻrilar baquvvatroq tana tuzilishiga ega. Ularning yelkasi tanasiga chuqurroq kirgan boʻladi[13]. Ruminiyada oʻldirilgan bir boʻri 72 kg ogʻirlikda boʻlgan[16].

Italyan boʻrilari dumini hisobga olinmaganda, ularning tana uzunligi 110 dan 148 sm gacha yetadi. Yelka balandligi 50-70 sm. Erkak boʻrilarning vazni odatda 25 dan 35 kg gacha, baʼzan 45 kg ga yetadi[17].

Yoʻq boʻlib ketgan Britaniya boʻrilari Arktika boʻrilariga oʻxshash kattalikda boʻlgan[18].

  1. „Wolf“. eunis.eea europa.eu.
  2. Wozencraft, W. C. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 
  3. 3,0 3,1 Mech, L. David (1981), The Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species, University of Minnesota Press, p. 354, ISBN 0-8166-1026-6
  4. Gamkrelidze, T. V. & Ivanov, V. V. (1995), Indo-European and the Indo-Europeans: A Reconstruction and Historical Analysis of a Proto-Language and Proto-Culture, Walter de Gruyter, pp. 413-417, ISBN 3110815036
  5. Boitani, L. (1995), "Ecological and cultural diversities in the evolution of wolf-human relationships" (Wayback Machine saytida 2015-07-17 sanasida arxivlangan), in Ecology and conservation of wolves in a changing world, eds. Carbyn, L. N., Fritts, S. H., and Seip, D. R., eds. pp. 3-12, Edmonton: Canadian Circumpolar Institute
  6. „Factsheet: Gray Wolf (Eurasia's Carnivores > Canis lupus)“. 2015-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  7. 7,0 7,1 7,2 Heptner, V. G. & Naumov, N. P. (1998) Mammals of the Soviet Union Vol. II Part 1a, SIRENIA AND CARNIVORA (Sea cows; Wolves and Bears), Science Publishers, Inc. USA., pp. 184-187, ISBN 1-886106-81-9
  8. 8,0 8,1 Miller, G. S. (1912), Catalogue of the mammals of Western Europe (Europe exclusive of Russia) in the collection of the British museum, London, Printed by order of the Trustees of the British Museum, pp. 313-314
  9. Heptner, V. G. & Naumov, N. P. (1998) Mammals of the Soviet Union Vol. II Part 1a, SIRENIA AND CARNIVORA (Sea cows; Wolves and Bears), Science Publishers, Inc. USA., pp. 166, ISBN 1-886106-81-9
  10. Zimen, E. (1981), The Wolf: His Place in the Natural World, Souvenir Press, p. 73, ISBN 0-285-62411-3
  11. Peterson, R. O. & Ciucci, P. (2003), „The Wolf as a Carnivore“, in Wolves: Behavior, Ecology, and Conservation, edited by L. David Mech and Luigi Boitani, pp. 104-130, Chicago: University Press
  12. Richardson, John & Swainson, William. Fauna boreali-americana, or, The zoology of the northern parts of British America: containing descriptions of the objects of natural history collected on the late northern land expeditions, under command of Captain Sir John Franklin, R. N., Jay Murray, 1829
  13. 13,0 13,1 Jardine, William. The Naturalists Library, Mammalia, Vol. IX: Dogs. Edinburgh: W. H. Lizars, 1839.
  14. Theodore Roosevelt. Hunting the Grisly and Other Sketches. 
  15. Graves, Will. Wolves in Russia: Anxiety throughout the ages. Detselig Enterprises, 2007 — 35-bet. ISBN 978-1-55059-332-7. Qaraldi: 2010-yil 5-may. 
  16. Gibson, Nancy. Wolves. Voyageur Press, 1996 — 72-bet. ISBN 0-89658-299-X. 
  17. Viviani, Alessia; Gazzola, Andrea; Scandura, Massimo. Il Lupo in provincia di Arezzo (it). Montepulciano (SI): Editrice Le Balze, 2006 — 29–43-bet. .
  18. Owen, R., A history of British fossil mammals, and birds, J. Van Voorst, 1846